Kun.uz tahririyatiga «oson şartlarda» avtomobil va uy-joy olib berişni va’da qilib, fuqarolarni katta mablağga çuv tuşirayotganlar haqida murojaat kelib tuşdi. Bu safargi aldov Instagram sahifasida Xumo vines nomi bilan tanilgan vayner şaxsidan foydalanib amalga oşirilgan. Uçarlar jamoasi tarkibida «Avto 60 oy» işida 8 yilga qamalib, 2 yil-u 10 oy «ötirib» çiqqan Jamşid Bahodirov ham bor. 

Oson şartlarda maşina va kvartira olib beriş va’dasi bilan «Media plus 24» hamda «X-vines» MÇJlari fuqarolar bilan şartnoma imzolagan. Yuzlab fuqarolardan boşlanğiç tölovlar qabul qilib olingan. Kun.uz muxbiri mazkur firmalar joylaşgan hududga holatni örganiş uçun bordi. U yerda 50 dan ortiq aldangan fuqarolar töplangan edi.

Jabrlanuvçilarning köpçiligi Xumo vines nomi bilan tanilgan vayner Humoyun Mahamadjonovning Instagram sahifalaridagi uy-joy va avtomobil olib beriş haqidagi reklamalarini körib ofisga kelganini, şartnoma tuzib boşlanğiç tölovlarni tölaganini bildirdi.

«25 mlndan 50 mln sömgaça tölov qilsangiz, arzon ikki-uç xonali uy-joy olib beramiz deyişgandi. Şunga işonib tört kişi kelib, umumiy hisobda 105 mln söm tölov qilgandik. 17 oktyabrgaça uy olib beramiz deb pulimizni olişdi. Firmaning kassalariga tölov qilgandik. Hozir suriştiruv ketyapti deyişyapti. Ofislari esa yopilib ketgan. Pulimizni ololmay sarson-sargardon bölib yuribmiz», deydi jabrlanuvçilardan biri.

Foto: Kun.uz

15 sentabr kuni Spark avtomobiliga 5,5 mln söm tölov qilgan Bahrom Ergaşevning ta’kidlaşiça, boşlanğiç tölovdan söng firma tomonidan unga 2 ming AQŞ dollari miqdorida pul ajratib berilişi va’da qilingan.

«Öttiz kun içida, ya’ni 15 oktyabrgaça Sergeli avtoikkilamçi bozoridan avtomobil olib berişni va’da qilişdi. Özingizning xohişingizga qarab bank orqali yoki «arendator» qilib olib beramiz deyişdi. Keyin sentabrning oxirida özlarining Instagram sahifasiga Olmazordagi filialimiz yopildi va 20 oktyabrda sizlarga aloqaga çiqamiz tarzida «istoriya» qöyişdi. Telefon qilib söraganimda pulingiz 20 oktyabrda qaytariladi deb aytişdi. Aytilgan sanada kelganimizda ofis içi böm-böş, yopilib ketgan. Keyin jabrlarganlar «uçastkavoy»ga borib ariza yozib berdik», deydi u.

Yana bir jabrlanuvçi firma bilan şartnoma tuzib, avtomobil olgan. Şunga işonib uyga ham tölov qilib aldanib qolgan.

Foto: Kun.uz

«Avtomobilga 10 mln söm tölov qilganman. Birinçi tölovni qilganimdan söng 3 ming AQŞ dollarini sizga beramiz. Bank yoki «arendator» orqali olasiz. Firmaga 3 ming AQŞ dollarini 3 yilda bölib qaytarib berişimni aytişdi. Keyin Cobalt avtomobilini oldim. Şunga işonib, uyga ham tölov qilgandim. Keyin bunday muammolar paydo böldi», deydi jabrlanuvçi Jamoliddin Ismoilov.

Qiziği şundaki, «firibgar» ekani da’vo qilinayotgan bu ikki firmaning menejyerlik lavozimida Jamşid Bahodirov ismli şaxs işlab kelgan. Jamşid Bahodirov va uning jinoiy şeriklari «Avto 60 oy» işi böyiça ötgan sudning 2021 yil 29 mart kungi hukmi bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bölgan jabrlanganlardan biriga köra, ayni paytda Bahodirov ozodlikda. U odamlarga «arzon va qulay şartlarda avtomobil hamda kvartiralar olib beriş xizmat»larini körsatib kelayotgani ham aytilmoqda.

«Tölov qilganimda menga Jamşid Bahodirov kelib, özini rahbarman deb taniştirgan. Keyin suriştirib körsak, u «Avto 60 oy» MÇJ rahbari bölgan ekan. Bu yerda hujjatlarda 2-3 odamni rahbar qilib, özi kelgan mijozlarga rahbarman deb taniştirib, pullarni yiğib yurgan şaxs ekan. Buni biz firma yopilganidan keyin bilganmiz», — deydi jabrlanganlardan biri.

Kun.uz suhbatlaşgan jabrlanuvçilardan birining aytişiça, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan, bir nafar şaxs ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan. Jinoiy guruhning qolgan a’zolari tergovdan yaşiringan. Toşkent şahar IIBB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça tergovni IIV huzuridagi Tergov departamenti olib bormoqda.

Ma’lumot uçun, mazkur işda asosiy «figurant»lardan biri ekani aytilayotgan Jamşid Bahodirov «Avto 60 oy» işida 8 yilga qamalgandi. Ammo 2 yil-u 10 oy «ötirgan» firibgar «özini yaxşi tutgani va tuzaliş yöliga ötgani uçun ijobiy tavsifnoma olgani» sababli ötalmay qolgan 5 yildan köproq qamoq muddati axloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirilgan. Oliy sud axborotiga tayanadigan bölsak, u fuqarolarga yetkazilgan zararni qoplamagan.