Nepal ğarbida 4 noyabr, şanbaga ötar keçasi sodir bölgan kuçli zilzila oqibatida 128 kişi halok böldi, önlab odamlar jarohatlandi, deb xabar berdi dpa mahalliy hokimiyat organlariga tayanib. 

Nepalning zilzila monitoringi va tadqiqoti milliy markazi 6,4 magnitudali zilzilani qayd etdi. Unga köra, zilzila episentri Nepal poytaxti Katmandudan 400 km uzoqlikda joylaşgan Jayarkot viloyatida bölgan. AQŞ Geologiya xizmati zilzila kuçini 5,6 ball, Hindiston seysmologik markazi 6,4 ball, Potsdamdagi Germaniya Geofizika tadqiqot markazi 6,2 ball deb baholadi. 

Odamlar vayronalar ostida qolib ketgani sababli qurbonlar soni ortişi mumkinligi taxmin qilinmoqda. 

Yerosti silkinişlari Nyu-Dehlida ham sezilgan

OAV ma’lumotlariga köra, Nepaldagi zilzila hatto Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida ham sezilgan. 

Nepal boş vaziri Puşpa Kamal Dahal «zilzila oqibatida yetkazilgan insoniy va moddiy zarardan çuqur qayğuda» ekanini bildirdi. Hukumat qidiruv va qutqaruv işlariga yordam beriş uçun xavfsizlik kuçlarini yubordi. 

Nepalda tez-tez zilzilalar sodir böladi. 2015 yilda 7,8 magnitudali zilzila oqibatida 9 mingga yaqin odam halok bölgan, millionga yaqin bino vayron bölgan.