22-oktabr kuni Tibetning toğli hududida 7 magnitudali yer silkinişi röy berişi oqibatida kamida 16 kişi halok böldi va 60 dan ortiq kişi yaralandi.

Hinhua axborot agentligi mahalliy favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga tayanib xabar berişiça, zilzila epimarkazi Baçen uyezdida (Nagçu okrugi) joylaşgan. Bu uyezd Tibetning maʼmuriy markazi hisoblangan Lhasa şahridan 400 km şimoli-şarqda joylaşgan.

Rasmiylar favqulodda vaziyat rejimini eʼlon qilgan va jabrlangan hududlarga qutqaruv otryadlarini yuborgan.

Tabiiy ofat oqibatida 339 ta uy va 20 ta molxona vayronaga aylangan, butun mintaqa böylab elektr taʼminoti deyarli töliq uzilgan.

Toş tuşişi tufayli yöllar tösilib qolgan, bu esa qutqaruvçilarning jabrlangan hududlarga yetib borişini qiyinlaştirmoqda.

Uşbu zilzila mintaqadagi sönggi 5 yil içida kuzatilgan eng kuçlisi bölgani taʼkidlanmoqda.

Tibetning Çamdo va Ningçi şaharlarida ham kuçli yer silkinişlari sezilgan.

Seysmologlar zilziladan söng magnitudasi 4,3 dan 5,2 gaça bölgan kamida 7 ta afterşokni qayd etişgan.

Hozirda qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda.

Avgust oyi oxirida Tibet va Nepal muz tuşişi oqibatida yuzaga kelgan kuçli suv toşqinidan jabrlangandi. Öşanda kamida 1400 kişi halok bölgan, yuzlab kişilar hamon bedarak yöqolganlar röyxatida qolmoqda.