Isroil armiyasi (TsAHAL) BMT yirik agentliklarining öt oçişni töxtatiş töğrisidagi çaqiriqlariga qaramay, Ğazo sektoridagi Falastinning HAMAS guruhi nişonlariga hujumlarini kuçaytirdi. «Biz HAMASga zarba beramiz va rejamiz böyiça bir istehkomdan ikkinçi istehkomga ötmoqdamiz, HAMASni muntazam ravişda harbiy salohiyatidan mahrum qilmoqdamiz», dedi Isroil armiyasi matbuot kotibi Jonatan Konrikus Amerikaning CNN telekompaniyasiga yakşanba, 5 noyabr kuni keçqurun bergan intervyusida.

«Biz quruqlikdagi kuçlarni - piyodalar, tanklar, harbiy texnikani jalb qildik. Havodan ham zarba beryapmiz va öq uzyapmiz», - dedi Konrikus. U Isroil harbiylarining asosiy e’tibori yerosti tunnellaridagi HAMAS infratuzilmasiga qaratilganini qöşimça qildi.

Ğazo sektorining ikkiga bölinişi

Avvalroq Isroil armiyasi Ğazo sektori şimoliy va janubiy qismlarga bölinganini e’lon qilgan edi. «Hozir janubiy Ğazo sektori va şimoliy Ğazo sektori mavjud. Ğazo şahri janubiy qirğoqdan örab olingan», - dedi TsAHALning yana bir vakili Daniel Xagari. Uning ta’kidlaşiça, tinç aholi Ğazo sektorining şimoliy qismidan janubiy qismiga köçib ötiş imkoniyatiga ega. Şu bilan birga, Xagariga köra, sektorning şimoliy qismida hali ham 300 mingdan 400 minggaça tinç aholi bor.

Ayni paytda, 5 noyabr kuni Ğazo sektoridan Misrga ötadigan yagona çegara punkti ketma-ket ikkinçi kun yopiqligiça qoldi. Isroil bir qator yaralangan falastinliklarni evakuatsiya qilişga rozi bölmagani uçun HAMAS xorijliklarni evakuatsiya qilişni töxtatdi. BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi nazorat-ötkaziş punkti yopilganini tasdiqlab, oldingi ikki kun içida nazorat punkti orqali 1100 dan ortiq odam evakuatsiya qilinganini qöşimça qildi.

Gumanitar sulh tuzişga çaqiriqlar

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining asosiy agentliklari, jumladan, BMT Bolalar jamğarmasi (YuNISEF), Jahon oziq-ovqat dasturi va Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rahbarlari kamdan-kam uçraydigan qöşma aksiyada Isroil va HAMAS örtasidagi uruşda zudlik bilan öt oçişni töxtatişga çaqirdi.

«Deyarli bir oydan beri xalqaro hamjamiyat Isroil va bosib olingan Falastin hududlaridagi vaziyatning rivojlanişini kuzatmoqda, halok bölganlar soni ortib borayotganidan ğazablanmoqda. Bizga zudlik bilan gumanitar sulh kerak. 30 kun ötdi. Yetarli, bu darhol töxtatilişi şart», - deyiladi bayonotda.

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. 

Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. 

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 10 mingga yaqin falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.