Özbekiston Markaziy banki davlat xarajatlari ösişining mamlakat taşqi savdo balansiga ta’sirini örgandi. Örganiş natijalari MB Boşqaruvi tomonidan tasdiqlangan “Pul-kredit siyosatining 2024 yil va 2025-2026 yillar davriga möljallangan asosiy yönalişlari”ning dastlabki konseptual loyihasiga ilova qilingan.
Monetar organning e’tibor qaratişiça, 2022 yilda Özbekiston taşqi savdo balansidagi taqçillik (eksport va import miqdori örtasidagi manfiy farq) YaIMga nisbatan 14,2 foizga yetgan. Bu körsatkiç 2017 yilda valuta erkinlaştirilganidan keyin 2018 yildan buyon 10 foizdan kam bölmay kelyapti.

Taşqi savdodagi manfiy disbalans ortib borişi – sönggi yillarda budjet taqçilligining ham ortişi fonida röy bermoqda. Davlat xarajatlarining oşişi importga qöşimça talabni yuzaga keltirmoqda, importning ösişi esa mamlakat taşqi savdo balansiga bosim ötkazyapti.
“Davlat budjeti tarkibida joriy xarajatlarning salmoqli uluşi (örtaça 75-80 foiz) iqtisodiyotda qöşimça talabning şakllanişiga bilvosita ta’sir körsatib, mahalliy işlab çiqarişning çeklanganligi şaroitida budjet xarajatlari özgarişiga importning ta’sirçanligini oşirmoqda.
Davlat xarajatlari va import hajmi örtasidagi boğliqlik (korrelyatsiya koeffitsiyenti) 84 foizni taşkil etib, ular örtasida sezilarli boğliqlik mavjudligini körsatmoqda.
Empirik tahlillarga köra, fiskal xarajatlarning 1 foizga oşirilişining import hajmi ösişiga yaxlit ta’sir davridagi kumulyativ multiplikator effekti 0,6 foizga yetişi mumkin”, – deyiladi Markaziy bank axborotida.
Monetar siyosat organiga köra, mamlakatda nisbatan uzoq davrda ikki tomonlama (taşqi savdo balansi va davlat budjeti) taqçillikning davomi etişi kuzatilmoqda, bu esa kelgusida fiskal xarajatlar samaradorligini oşiriş, iqtisodiyotda davlat uluşini qisqartiriş, işlab çiqariş salohiyatini rivojlantiriş, iqtisodiyotni diversifikatsiya qiliş va eksport hajmini oşirişga qaratilgan tarkibiy islohotlarni izçil davom ettiriş zaruriyatini yanada kuçaytirmoqda.

Markaziy bank mutaxassislari budjet taqçilligining joriy hisob taqçilligiga ta’sirini Şri-Lanka misolida örgangan.
Qayd etilişiça, Şri-Lanki hukumatining yillar davomida budjet xarajatlarining katta qismi ijtimoiy soha va norentabel infratuzilma loyihalariga yönaltirgani budjet taqçilligi ösişiga sabab bölgan. Vujudga kelgan taqçillikning taşqi qarz hisobiga moliyalaştirilişi esa, öz örnida, joriy hisob taqçilligi oşişiga olib kelgan. Uzoq yillar davom etgan ikki tomonlama taqçillik mamlakatning 2022 yilda taşqi majburiyatlar böyiça defolt e’lon qilişiga sabab bölgan.
Eslatib ötamiz, 2023 yilning 9 oyida Özbekiston Respublikasi konsolidatsiyalaşgan budjeti taqçilligi möljaldagidan 2 barobarga oşib ketib, YaIMga nisbatan qariyb 6 foizga yetgan. Yil yakunida bu körsatkiç 5,5 foizni taşkil etişi kutilyapti.
Endilikda hukumat 2024 yilda 4 foizlik, 2025-2026 yillarda 3 foizlik defitsitni prognoz qilmoqda.












