Markaziy bank bankomatlardan naqd pul yeçiş bilan boğliq muammolarni bartaraf etiş böyiça banklarga talab bilan çiqdi.

Qayd etilişiça, fuqarolarning murojaatlarini örganişda bank kartasidan mablağ yeçilgan bölsa-da, bankomatdan naqd pul berilmagan holatlar uçramoqda.

“Ayrim hollarda xizmat körsatuvçi amaliyot muvaffaqiyatli yakunlanganini bildiruvçi texnik maʼlumotlarga tayansa-da, mijozga pul haqiqatda berilganini işonçli tasdiqlay olmaydi.

Axborot tizimida amaliyotning «muvaffaqiyatli» deb qayd etilgani xizmat amalda körsatilganining öz-özidan va sözsiz tasdiği hisoblanmaydi”, deyiladi Markaziy bank axborotida.

Regulyator tijorat banklari va tölov taşkilotlari bankomatlar va boşqa öziga özi xizmat körsatiş qurilmalaridan foydalanişda texnik va içki nazorat, operatsiyalar natijalarini qayd etiş hamda zarur maʼlumotlarni saqlaş talablariga rioya qiliş, mijozga aniqlangan holatlar va xulosani şakllantirişda foydalanilgan maʼlumotlar körsatilgan javob yuboriş hamda operatsiya lozim darajada bajarilmagani aniqlansa, isteʼmolçining buzilgan mulkiy huquqlarini qonunçilikka muvofiq tiklaşi lozimligini bildirdi.

Taʼkidlanişiça, xizmat körsatuvçi tomonidan majburiy talablarning buzilişi nizoli operatsiya holatlarini xolisona aniqlaşga tösqinlik qilsa, bunday qoidabuzarlik oqibatlarini isteʼmolçi zimmasiga yuklaşga yöl qöyilmaydi.

“Qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda, Markaziy bank tomonidan qonunçilikda nazarda tutilgan nazorat taʼsiri va javobgarlik çoralari qöllaniladi”, deyiladi axborotda.

Avvalroq Markaziy bankda ötkazilgan davra suhbatida naqd pulni bank kartasiga kiritiş uçun undiriladigan komissiyalar muhokama qilingandi.