Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş faqat bir şart – Isroilga hujum çoğida HAMAS taşkiloti jangçilari tomonidan garovga olinganlarni ozod qiliş şarti bilan röy berişi mumkinligini ta’kidladi. «Biz har tomondan eşitayotgan har xil miş-mişlarni rad etmoqçiman va bir narsani aniq aytmoqçiman: sulh garovga olinganlar ozod qilingandan keyin bölişi mumkin», dedi 8 noyabr, çorşanba kuni keçqurun Isroil hukumati rahbari.
Şu bilan birga, u barça garovga olinganlarnimi yoki ulardan faqat bir qismini ozod qilişni nazarda tutganmi, noaniqligiça qoldi. Avvalroq OAVda Ğazo sektorida garovga olingan 15 kişini ozod qiliş evaziga öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralar davom etayotgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqalgan edi.
Bu iddaolarga javoban TsAHAL matbuot kotibi Daniel Xagari şunday dedi: «Biz özimizni adaştirişga yöl qöymasligimiz kerak. Otaşkesim yöq. Biz HAMAS bilan kuraşyapmiz. Heç qanday sulh bölmaydi».
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 10 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.













