1988 yil 15 noyabrda Jazoirda Falastin davlati tuzilganligi e’lon qilindi. Bu taşabbus bilan Falastin ozodlik taşkiloti (FOT) yetakçisi Yosir Arafot çiqqan edi.
«Bir qölimda zaytun novdasini, bir qölimda ozodlik kuraşçisi qurolini uşlab keldim. Qölimdan zaytun novdasi tuşmasin. Takror aytaman, zaytun novdasi qölimdan tuşmasin», degan edi Yosir Arafot 1974 yilda. BMT Boş Assambleyasi zalida Falastin rahbari qarsaklar bilan qutlandi.
Oradan 14 yil ötgaç, BMT a’zo davlatlarining aksariyati yana Falastinni qöllab-quvvatladi. Bunga faqat AQŞ va Isroil qarşi çiqqan. FOT rahbari Yosir Arafot 1988 yil 15 noyabrda Jazoirda Falastin davlati tuzilgani va uning mustaqilligini e’lon qildi. Şundan söng, köplab mamlakatlarda FOT vakolatxonalari töla huquqli elçixonalarga almaştirildi.
«Biz yahudiylarga qarşi emasmiz. Aksinça, haqiqiy musulmon va haqiqiy nasroniy işonadigan qadriyatlar yahudiy e’tiqodida ham bor. Isroil bilan muzokara olib borayotgan delegatsiyamiz tarkibida ikki nafar yahudiy bor. Biz bundan faxrlanamiz», dedi Arafot. «Asosiy duşman kim?» degan savolga u «istilo» deb javob berdi.
Falastin mustaqilligini e’lon qilib, Arafot mohiyatan Isroilni ham davlat sifatida tan oldi. Bu tinçlik sari işonçli qadam edi.
Önlab yillar davom etgan mojaro 90-yillarning örtalarida amalda hal qilindi. Norvegiya poytaxtida Falastin ma’muriyatini taşkil etiş böyiça kelişuvlar imzolandi. Keyinroq esa Yosir Arafot, Isroil boş vaziri Işoq Rabin va siyosatçi Şimon Peres tinçlik bitimlarini imzolagani uçun Nobel mukofotini olişdi.
Işoq Rabin 1995 yilda öldirildi, şundan keyin muzokaralar jarayoni amalda muzlatib qöyildi.












