«Sulh böyiça kelişuvga erişişimizga oz qoldi», deb Xonining sözlarini keltirgan HAMASga tegişli Telegram-kanallar va Reuters axborot agentligi. Ikki manbada ham kelişuv şartlari haqida aytilmagan.

AFP naşri muzokaralardan xabari bor manbasiga tayanib yozişiça, tomonlar 5 kunlik öt oçiş rejimini töxtatiş böyiça kelişuvga erişgan. Unga köra Isroil quruqlik operatsiyasini ham, Ğazo janubini havodan öqqa tutişni ham töxtatadi.

Kelişuvga köra, HAMAS 50 nafardan 100 nafargaça Isroilda qölga olingan asirlarni qöyib yuboradi. Ular orasida isroilliklar ham, boşqa millat vakillari ham böladi, lekin harbiylar bölmaydi. Evaziga Isroil tomoni mamlakat qamoqxonalaridagi 300 nafar falastinlik mahbuslarni qöyib yuboradi.

BBC'ning Quddusdagi muxbiri Tom Beytmanga köra, şu tariqa asirlar bosqiçma-bosqiç ozod qilinişi mumkin. Avvalroq AQŞ prezidenti Jo Bayden asirlarni qöyib yuboriş böyiça kelişuvga erişişga yaqin qolganini aytgandi.

Asirlarni ozod qiliş masalasida Xalqaro Qizil Xoç jamiyati rahbari Miryana Spolyariç duşanba kuni Qatarda HAMAS rahbarlaridan bölgan Ismoil Xoni bilan uçraşuv ötkazgandi. Uçraşuvda qatarlik mulozimlar ham qatnaşgan. Qatar asirlarni ozod qiliş böyiça Isroil va HAMAS örtasida vositaçi sifatida qatnaşmoqda. Harakatning siyosiy qanoti qarorgohi aynan Qatarda joylaşgan. Ismoil Xoni ham Dohada yaşaydi.