Isroil va HAMAS örtasidagi otaşkesim haqidagi kelişuv 24 noyabr (juma) kuni soat 7:00 dan (Toşkent vaqti bilan 10:00) kuçga kiradi. Bu haqda Qatar taşqi işlar vazirligiga tayanib Interfax xabar berdi. 

Qayd etilişiça, HAMAS garovga olinganlarning dastlabki 13 nafarini soat 16:00 da qöyib yuboradi. Biroq şu kuni Isroil tomonidan qança falastinlik mahbus ozod etilişi haqida ma’lumot berilmagan. 

HAMAS 24 noyabrda tört kunlik sulh boşlanişini tasdiqladi. 

«Tört kun içida garovga olingan 50 kişi ozod qilinadi», deyladi Izzaddin al-Qassam brigadalari bayonotida. 

Öz navbatida, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu ma’muriyati HAMAS tomonidan garovga olinganlarning dastlabki röyxatini olganini, ular juma kuni ozod etilişini ma’lum qildi. Bu masalaga mas’ul Isroil rasmiylari röyxatni tekşirmoqda va unga kiritilgan fuqarolarning yaqinlari bilan boğlanmoqda. 

Kelişuv şartlariga köra, HAMAS Ğazo sektorida garovga olingan 237 nafar fuqarodan 50 nafar ayolni va bolani ozod qiladi. Öz navbatida, Isroil 150 nafar falastinlik mahbusni, jumladan ayollar va voyaga yetmaganlarni qamoqdan ozod qilişi aytilgan. Mahbuslar garovga olingan isroilliklar mamlakatga qaytganidan keyingina ozod qilinadi. 

Garovga olinganlarning Ğazo sektorini tark etişi uçun tört kunlik sulh joriy etiladi, bu kelişuvning birinçi bosqiçi böladi. Ikkinçi bosqiçda sulh muddati uzaytirilişi mumkin. Jumladan Isroil kelişilgan 4 kunga garovdan ozod qilingan har ön nafar fuqarosi uçun 1 kun qöşib berişga tayyor. 

Kelişuv tufayli garovdagi jami 100 nafar isroillik va 300 nafar falastinlik mahbus ozod etilişi mumkin. Kelişuvga köra, sulh 10 kundan ortiq davom etişi mumkin emas. 

Şuningdek, kelişuv doirasida Ğazo sektoriga insonparvarlik yordami oqimi köpaytiriladi.