Pomir toğidagi yaylovlarga olib boradigan yöl öta xavfli. Tik toğ yöllari faqat burilişlardan iborat. Bitta notöğri qadam va siz bu hayot bilan vidolaşasiz. 

Çöpon xonimlar qöy, eçki, qötoslarga yöldan adaşmasligi va pastga qulab ketmasligi uçun huştak çalib boradi.

«Avvallari qoramollar hozirgidan ançagina köp edi. Ba’zilari qoçib ham ketardi. Ularning içida qaytib keladiganlari ham, kelmaydiganlari ham bölardi», — deydi 70 yoşni qoralab qöygan Bano. 

Köçkilar — toğ yöllaridagi doimiy xavotir. Foto: Taseer Beyg / BBC

Önlab ayol çöponlar avvallari Pokiston şimoli-şarqidagi Qoraqurum toğ tizmasi böylab suruvlarini boqib kelgan. Ular kiçik farzandlarini yelkasida opiçlab olişardi. Erlarini esa uyda qoldirişardi. Boisi erkaklar Şimşal vodiysida dehqonçilik bilan band bölardi. 

Hozir esa atigi 7 nafar ayol çöpon qolgan. 

Kuniga 8 soat yölni qor, yomğir va jazirama issiqda bosib ötamiz. Avvallari bunday sayohat ayollarning 3 kunini olgan bölsa, bizga bunisi 5 kunga tuşyapti. Tajribali keksa çöpon ayollar doim bizni ortda qoldirib borişadi. Biz esa bu vaqtda balandlik ob-havosiga moslaşiş bilan ovora bölamiz. 

Har lahzda köçki sodir bölişi mumkin – xavf doim biz bilan birga. Qöylarning tuyoqlari ovozidan yer tebranadi, toşlar uçib, çang kötariladi.

Hozirgidek maxsus kiyimlar (termo köylak) va poyabzalli bölgunlariça bu ayollarning toğda yurişi oson bölmagan. 

«Oddiy xalat kiyardik. Oyoq kiyimimiz ham bölmasdi, hatto muz ustida yalangoyoq yurardik», — deydi 88 yoşli Annar. 

67 yoşli Afröza vodiyda birinçi bölib bir juft oyoq kiyimli bölgan ayol edi. U buni juda yaxşi eslaydi.

«Turmuşga çiqqan vaqtimda akam menga bir juft oyoq kiyim sovğa qildi. Oldinlari odamlar şu poyabzalimni şunçaki köriş uçungina menikiga kelişardi. Ular köylaklarimni ham köpinça töy uçun qarzga olib turişardi», — deydi Afröza.

Pomirga yetib keldik, dengiz sathidan 5000 m balandlikdamiz. Köz oldimizda yam-yaşil yaylovlar paydo böladi. Muzlik suvlari esa qor bilan qoplangan toşlar orasidan öziga yöl topib borardi.

«Biz bu joylarda onalarimiz, buvilarimiz bilan yonma-yon yurganmiz. Ular ham xuddi biz kabi çöpon bölgan. Sariyoğ, qatiq tayyorlaşadi», — deydi qöşiq aytib, raqsga tuşayotgan Annar.