Vazirlar Mahkamasining tegişli bayoniga muvofiq, 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 3-10 mart kunlari «Ayolga ehtirom» haftaligi ötkaziladi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qömitasi xabar berdi.

Haftalik doirasida xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oşiriş, bandligini ta’minlaş, tadbirkorlikka keng jalb etiş, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga qaratilgan keng kölamli tadbirlar, islohotlarning amaliy natijalarini özida mujassam etgan mediatanlovlar va tadbirlar ötkaziş nazarda tutilgan.

Jumladan:

- Jamiyat va davlat hayotida faollik va taşabbuskorlik körsatgan, özining samarali mehnati bilan jamiyat rivojiga munosib hissa qöşayotgan xotin-qizlarni «Mötabar ayol» kökrak nişoni bilan taqdirlaş marosimlarini taşkil etiladi;

- Uzoq yillar vazirlik va idoralarda işlab fidoyilik, vatanparvarlik, ibrat namunasini körsatib xizmat qilgan keksa ayollar, «Ayollar daftari» va «Yoşlar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar «Yangi Özbekiston boği» hamda muzeylar, tarixiy maskanlar, obidalar, ziyoratgoh va qadamjolar, teatr, konsert, kino, köngiloçar maskanlarga imtiyozli asosda taşriflari taşkil etiladi;

- Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning ijtimoiy faolliklarini oşirişga qaratilgan turli kitob va risolalar taqdimotlari ötkaziladi.

Şuningdek, umumta’lim maktablari öquvçilari örtasida «Ona - oilamiz timsoli, mehr buloği» mavzusida inşolar tanlovi ötkaziş nazarda tutilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda yoşlar iştirokida «Ayolni e’zozlaş – ezgulik va adolat mezoni», «Ona – mehr buloği», «Men onam bilan faxrlanaman», «Yurt taraqqiyotiga mening hissam» mavzularida fleşmob va çellenj taşkil etiladi.

«Doim e’tibordasiz!» şiori ostida «Tibbiyot avtobuslari» taşkil etiladi va mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkaziladi.

Jazoni ijro etiş muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar taşkil etiladi.

Vazirliklar va idoralarda, korxona va taşkilotlarda faoliyat körsatayotgan xotin-qizlar örtasida «Sport nafislik va salomatlik manbai» şiori ostida sport musobaqalari ötkaziladi.

Joylarda «Tabarruk onaxonlarni e’zozlaylik!» mavzuida tadbirlar ötkaziladi. Uzoq yillar xalq farovonligi yölida mehnat qilgan, xalq tinçligi yölida halok bölganlarning onalari, turmuş örtoqlari va qizlariga bayram sovğalarini taşkil etiladi.

Mahallalarda istiqomat qilayotgan şoiralar, yozuvçi va san’atkorlar örtasida «Nazm gulşani», «Qalam sehri», «Onajonlar mötabar», «Milliy raqs – munavvar qadriyat» mavzusida körik-tanlovlar ötkaziladi.

Vazirliklar va idoralarda, korxona va taşkilotlarda uzoq yillardan buyon fidoyilik bilan mehnat qilayotgan ayollar iştirokida "Matonat timsollari" mavzusida muloqot uçraşuvlari ötkaziladi.

Rahbar ayollar va liderlik salohiyatiga ega bölgan xotin-qizlar, şuningdek, yetakçi tadbirkor ayollarning mahallalarda «Ayollar daftari»ga kiritilgan işsiz va tadbirkorlikni boşlaş istagida bölgan xotin-qizlar bilan muloqot uçraşuvlari taşkil etiladi.

«Özbekiston – umumiy uyimiz» şiori ostida mahallalarda turli millat vakillari bölgan xotin-qizlar iştirokida madaniy-ma’rifiy tadbirlar ötkaziladi.

Hududlarda «Yangi Özbekistonni barpo etişda xotin-qizlarning örni» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bölib ötadi.

«Oqila ayollar» harakati hamda Oila va xotin-qizlar qömitasi huzuridagi «Ayol ma’rifati» jamoatçilik kengaşi a’zolari iştirokida «Ayol ma’naviyati», «Onalik baxti», «Muammoli vaziyatlar va oqilona yeçim», «Muloqot psixologiyasi», «Soğlom ovqatlaniş», «Soğlom turmuş tarzi» kabi mavzularda; «Tomorqalarda gul va meva-sabzavotlarni yetiştiriş, issiqxonalarni taşkil etişda ijobiy tajribalar» mavzusida; «tikuvçilik», «pazandalik», «töqiş» kabi yönalişlarda mahallalarda mahorat darslari, seminar-treninglar taşkil etiladi.