Hukumat qarori bilan oilaviy mehmon uylari, hostellar, ötovli va çodirli oromgohlar faoliyatini taşkil etiş töğrisidagi nizom tasdiqlandi. 

Oilaviy mehmon uyi – mehmon uyida uy egasining oila a’zolari bilan birga yaşaş tamoyili böyiça bir vaqtning özida 10 nafargaça mehmonga (turistlarga) vaqtinça yaşaş va (yoki) ovqatlaniş böyiça xizmatlar körsatuvçi, şuningdek, har bir yaşovçi şaxsga 3 metr kvadrat hisobidan töğri keladigan turar joy maydoniga ega bölgan xususiy uy-joy obekti. 

Nizomga köra, mehmon uylari, hostellar, ötovli va çodirli oromgohlar faoliyati ularni Turizm qömitasi tomonidan yuritiladigan reyestrga kiritiş va reyestrdan köçirma beriş orqali taşkil etiladi. 

Mehmon uylari faoliyatini taşkil etişda tegişli şaroitlar yaratilgan bölişi şart (röyxat). 

Qaror bilan şuningdek, mehmon uylari, hostellar, ötovli va çodirli oromgohlarni reyestrga kiritiş böyiça davlat xizmatini körsatişning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. 

Bunda mehmon uyi, hostel, ötovli va çodirli oromgoh faoliyatini taşkil etiş istagini bildirgan şaxs (ariza beruvçi) davlat xizmatidan foydalaniş uçun:

- Davlat xizmatlari markaziga şaxsan özi kelib murojaat etadi;

- yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali röyxatdan ötadi. 

Sörovnoma töldirilib, unga tegişli hujjatlar ilova qilinadi.  

Turizm qömitasining hududiy bölinmalari (vakolatli organ) hujjatlarni olgan kundan boşlab 3 iş kuni davomida körib çiqadi hamda örganib çiqiş natijasi yuzasidan dalolatnoma rasmiylaştiriladi. 

Davlat xizmati bepul körsatiladi.