28 noyabr kuni BMT Boş Assambleyasi Isroilni Jölan tepaliklarini ozod qilişga çaqiruvçi rezolyutsiyani qabul qildi.
Hujjat uçun 91 davlat, jumladan, Özbekiston, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston, Turkmaniston, şuningdek, Rossiya, Braziliya, Hindiston hamda Xitoy kabilar ovoz berdi. Sakkiz davlat, jumladan AQŞ, Buyuk Britaniya va Kanada bunga qarşi çiqdi. Yana 62 davlat betaraf qolgan.
Rezolyutsiya hammualliflari — Misr, Iordaniya, Iroq, BAA, Suriya va boşqa davlatlar edi.

Hujjat sakkiz banddan iborat, birinçisi, Isroil hamon BMT XKning 1981 yilgi 497-sonli rezolyutsiyasiga amal qilmagani haqidagi bayonot bölib, u mamlakatdan Jölan tepaliklari ustidan Isroil yurisdiksiyasini örnatuvçi qonunni bekor qilişni talab etadi.
Bundan taşqari, rezolyutsiyada «Xavfsizlik Kengaşining tegişli rezolyutsiyalariga muvofiq Isroil bosib olgan Suriyaning Jölan tepaliklaridan 1967 yil 4 iyunda mavjud bölgan çiziqqa çekinişi» talab qilinadi. Rezolyutsiyada, şuningdek, «Suriyaning Jölanini işğol qiliş davom etişi va uning amalda qöşib olinişi mintaqada adolatli, keng qamrovli va mustahkam tinçlikka erişiş yölida tösiq bölişi» ta’kidlanadi.
1967 yilgi çegaralar Olti kunlik uruşgaça amalda bölgan. Uruş natijasida Isroil Şarqiy Quddus, Iordan daryosining ğarbiy sohili, Sinay yarimoroli, Ğazo sektori va Jölan tepaliklarini öz nazoratiga olgan. Keyinçalik Sinay Misrga, Ğarbiy sohilning bir qismi va Ğazo sektori Falastinga qaytarilgan.
1973 yilgi Mahşar kuni uruşi paytida Suriya Jölan tepaliklarini qaytarib olişga harakat qiladi, ammo muvaffaqiyatga erişa olmaydi. Öşanda Isroil va Suriya qöşinlari örtasida BMT kuçlari tomonidan nazorat qilinadigan neytral demilitarizatsiya zonasi yaratildi.












