Bir oydan ortiq vaqt Isroil raketalari ostida qolgan Ğazo sektorida 4 kundan buyon öt oçiş rejimi töxtatilgan. Tomonlar otaşkesim davom etişi böyiça kelişuvga ham erişdi. Ammo hali uruş tugadi deb bölmaydi. Şu kunlarda Ğazo va Isroilga ikki muhim taşrif amalga oşirildi.

Ilon Mask ayblovlar ortidan Isroilga keldi

Dunyoning eng boy odami Ilon Mask antisemitizmni qöllayotgani haqidagi ayblovlar fonida Isroilga taşrif buyurdi. U mamlakat boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan birga Ğazo yaqinidagi Kfar-Aza kibutsisida bölib, bu taşrif davomida Netanyahu va harbiylar kabi zirhli nimça kiyib yurdi.

Netanyahu Maskka HAMAS bilan uruş oqibatida yuzaga kelgan vayrongarçiliklarni körsatgan. Mahalliy naşrlar yozişiça, Isroil tomoni Mask bilan uçraşuvga HAMAS asir olgan isroilliklarning oila a’zolarini ham taklif etgan. Isroil prezidenti Işoq Hersog milliarder bilan suhbatda internetda antisemitizm kuçayib borayotgani va bunga qarşi kuraş haqida gaplaşmoqçi.

Taşrif nega ahamiyatli?

Dunyoning eng boy odami tvitterni sotib olganidan buyon tarmoq muammolar girdobida qolib ketdi. Xususan, Isroil Ğazoni bombardimon qilayotgan bir vaqtda köplab yirik kompaniyalar tvitterga reklama berişdan voz keçişdi. Media Matters tvitterda Apple, Oracle, IBM kabi yirik kompaniyalar mahsulotlari faşistlar Germaniyasi rahbari Adolf Hitler maqtalgan postlar bilan yonma-yon reklama qilinganiga e’tibor qaratgan. Ekspertlarga köra, tvitterga milliardlab dollar foyda keltirgan kompaniyalar aynan mana şu sabab reklama kelişuvlarini muzlatib qöygan.

Maskning özi tvitterda yahudiylar oq tanlilarga qarşi nafrat qözğamoqda degan ğoyani tarğib qiluvçi foydalanuvçining boşqa bir fikrini qöllagani ortidan göyoki yahudiylarni diskriminatsiya qilganga çiqib, tanqidlar ostida qoldi.

Warner Bros Discovery, Walt Disney, NBC Universal, IBM, Apple, Lionsgate, Paramount Global kabi yirik kompaniyalar reklama berişni rad etgaç, Mask özini oqlaşga majbur böldi. U tvitterga uruşga aloqador reklama va obunalardan tuşgan barça pul uruşdan jabrlanganlar davolanayotgan Isroil va Ğazodagi Qizil Xoç kasalxonalariga yuborilişini aytdi. Şuningdek, Mask har qanday guruhlarni qirib yuboriş va genotsidga çorlovçi akkauntlar bloklanişi, antisemitizmga va nafratga undovçi boşqa har qanday ajratişlarga qarşi ekanini bildirgan.

Ğazoga internet beriş masalasi

Tadbirkor Isroil bosqin boşida Ğazoda internetni uzib qöygaç, bu yerdagi xalqaro insonparvarlik taşkilotlariga Starlink internetini ulab bermoqçi ekanini aytgandi. U Isroilga taşrifi davomida mahalliy hukumat vakillari bilan bu borada muzokara ötkazib, dastlabki kelişuvlarga erişgan. Avvalroq Mask Ğazoga internet bermoqçi bölgani uçun Isroil u bilan barça kelişuvlarni bekor qilişini aytgan mamlakat aloqa vaziri Şlomo Karxi duşanba kuni Starlink bilan dastlabki kelişuvga erişilganini tasdiqladi. Uning sözlariga köra, Ilon Maskning internet kompaniyasi Ğazoni faqat Isroil aloqa vazirligi ruxsatidan keyin internet bilan ta’minlay oladi.

Ilon Maskning Isroilga taşrifi internetda keng muhokama qilinmoqda. Köpçilik milliarder yanada katta reklama şartnomalaridan ayrilib qolişdan qörqib Isroilga borganini aytmoqda. Tadbirkorning ma’muriyati uning taşrifi va bu boradagi muhokamalarga izoh bermagan.

Netanyahu Ğazoga bordi

26 noyabr kuni Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Falastin yerlari bölmiş Ğazoga bordi. Boş vazir sahifalarida bu haqdagi video 26 noyabr tongda e’lon qilindi. U quruqlik amaliyoti ötkazayotgan TsAHAL harbiylari bilan muloqot qilgan.

«Asirlarning barçasini qaytariş uçun qölimizdan kelgan hamma işni qilamiz. Uruşdan uçta maqsadimiz bor: HAMASni yöq qiliş, barça asirlarni qaytariş va Ğazo Isroil davlati uçun ortiq xavf tuğdira olmasligini kafolatlaş. Bizni heç narsa töxtata olmaydi, ğalabagaça davom etamiz», dedi Netanyahu.

Isroil naşrlariga köra, boş vazir Ğazoda göyoki HAMASga tegişli tunellardan birini ham borib körgan. Unga harbiy ştab rahbariyati hamrohlik qilgan. Ammo heç bir xalqaro taşkilot Isroil boş vazirining Falastin yerlariga borgani qançalik qonuniy bölgani borasida munosabat bildirmagan. Netanyahuning Ğazoga borganidan faqat bitta aniq xulosa qiliş mumkin: Isroil sektordagi vaziyatni töliq nazorat qilmoqda va harbiylar boş vazir u yerga borganda heç qanday xavf tuğilmasligini kafolatlagan.

Bu voqealarning barçasi Ğazodagi vaqtinça sulh davom etayotgan bir vaqtda sodir bölmoqda. Isroilda sulh tugagaç, uruşni davom ettirişga çorlovlar köpaymoqda. Ammo Netanyahu aytayotgan ğalabali uruş qaçongaça davom etadi? Agar ular aytayotgan ğalaba sodir bölsa, sektordagi falastinliklar taqdiri nima keçadi? Bu savollarga hozirça javob yöq.