Isroil Ğazo sektorida Falastinning HAMAS harakati kuçlariga qarşi quruqlikdagi harbiy operatsiyaning uçinçi bosqiçini boşladi. Bu haqda Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) boş ştabi boşliği, general-leytenant Gersi Ha-Levi xabar berdi.
«Biz quruqlikdagi harbiy operatsiyaning uçinçi bosqiçiga ötdik. Biz Ğazo sektorining şimolida HAMAS harakatining köplab tayanç nuqtalarini egalladik, endi esa janubdagi hamasçilar istehkomlariga qarşi jang qilyapmiz», dedi boş ştab rahbari.
Harbiyning ta’kidlaşiça, bir hafta davom etgan otaşkesimdan söng TsAHAL operatsiyasining muvaffaqiyatiga şubha qilganlarning barçasi «adaşgan va HAMAS buni allaqaçon his qilmoqda».
Avvalroq isroillik general Yaron Finkelman TsAHAL qöşinlari Ğazo sektori janubidagi eng yirik şahar markaziga yetib borganini ma’lum qilgandi.
«Biz Jabaliyaning, Şejayaning yuragidamiz va şu oqşomdan boşlab Xon Yunisning markazidamiz», dedi u.
Finkelmanning qöşimça qilişiça, 5 dekabr Ğazoda harbiy operatsiya boşlanganidan beri TsAHAL uçun eng oğir kun bölgan.













