AQŞ prezidenti Jo Baydenning fikriça, Isroil Ğazoni palapartiş öqqa tutayotgani sabab xalqaro qöllovni yöqotmoqda. Bu haqda Bayden özining saylov kampaniyasi homiylari bilan uçraşuvda aytib ötgan.

«Isroil xavfsizlik masalasida AQŞga suyanişi mumkin. Hozir [ularni qöllovçilar] safi keng: Yevropa Ittifoqi, Yevropa... Lekin Isroil bu qöllovni yöqotmoqda, [Ğazoda] palapartiş bombalaş ketmoqda», deya Baydenning sözlarini keltirgan Reuters.

AQŞ yetakçisi Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu özgarişi kerak deb hisoblaşini aytgan. Reuters'ning qayd etişiça, Bayden oktyabr oyida uruş boşlanganidan buyon Isroil manziliga ilk marta bunday keskin çiqişlar qildi. BBC ham Baydenning bu çiqişini Isroilga nisbatan keskin deb baholagan.

Bayden homiylar bilan uçraşuv vaqtida Netanyahu u bilan yakkama-yakka uçraşuvda AQŞ öz vaqtida atom bomba işlatganini eslatganini gapirib berdi: «Isroil yetakçisi özaro suhbatda siz Germaniyani bombalab tekisladingiz, siz atom bombasi taşlagansiz, köplab tinç aholi vakillari ölgan, dedi».

«Şu sabab ham barça institutlar sodir bölgan işlar takrorlanmasligi uçun Ikkinçi jahon uruşidan keyin tuzildi. Bizni Afğoniston uruşida qatnaşişga majburlagan 11 sentabr voqealari vaqtidagi xatomizni takrorlamang», degan Bayden.

Netanyahu ketadimi?

Reuters'ning yozişiça, Bayden va Netanyahu örtasida ön yillardan buyon fikriy qarama-qarşilik bor. AQŞ yetakçisining oxirgi çiqişi esa bu borada yangi muhokamalarga yöl oçdi.

Avvalroq AQŞning Politico naşri Bayden Netanyahuning siyosatdagi faoliyati tugaşiga oz qoldi deb hisoblaşi haqida yozgandi. Politico'ga köra, Bayden özaro uçraşuv vaqtida Netanyahuga undan keyin keladigan örinbosariga qanday ssenariy qoldirişni öylayotgani haqida söragan.

Gazeta AQŞ hukumati Netanyahuning örniga kelişi mumkin bölgan odam sifatida ikki sobiq boş vazir – Yair Lapid va Naftali Bennet, şuningdek, sobiq mudofaa vaziri Beni Hans bilan muzokara olib borganini yozgan.

AQŞ prezidenti Isroil milliy xavfsizlik vaziri Ben-Gvir va jamoasini HAMASning harakatlari uçun barça falastinliklarni jazolaşga urinayotgani uçun tanqid qilgan.

«Ben-Gvir va jamoasi, yana boşqa yangi odamlar ikki tomonlama munosabatlarni hatto eslatadigan qandaydir iş qilişni istamayapti. Ular nafaqat HAMASdan qilgan işi uçun, balki barça falastinliklardan qasos olmoqçi», degan amerikalik demokrat.

Bayden Isroil hukumat rahbariga Falastin avtonomiyasi masalasiga jiddiy qaraşni tavsiya qilgan: «Kelajakda Falastin davlati bölmaydi degan tuşunçadan voz keçiş kerak», degan AQŞ prezidenti.

Şu haftada AQŞ prezidentining xavfsizlik masalalasi böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan Isroilga borib mamlakat harbiylari bilan uçraşadi. Bu uçraşuvlarda asosiy e’tibor Ğazodagi tinç aholi vakillarini himoya qilişga qaratiladi.

Şuningdek, Pentagon rahbari Lloyd Ostin ham Qizil dengizdagi savdo yönalişlarida xavfsizlikni ta’minlaş masalasida uçraşuvlar ötkaziş uçun mintaqaga keladi.

  • Ma’lumot uçun, HAMASning 7 oktyabrdagi hujumidan keyin Isroil ikki oydan buyon Ğazoni öqqa tutmoqda. Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligiga köra, hozirgaça Isroil raketa zarbalari oqibatida 18 ming falastinlik halok bölgan, 50 ming kişi yaralangan. Dunyoda odamlar eng ziç yaşaydigan hududlardan biri bölgan Ğazoda dahşatli gumanitar inqiroz yuzaga kelgan.