Isroil qurolli kuçlari Ğazo sektorida HAMAS harakatiga tegişli ulkan tunnelni topdi va uni ilgari topilgan barça kommunikatsiya tizimlarining «tojidagi javohiri» deb atadi.
«Isroil mudofaa kuçlari Ğazo sektoridagi HAMAS infratuzilmasining «tojidagi javohiri»dan biri bölgan, ulkan tunnelni topib, keng jamoatçilikka taqdim etdi», dedi Isroil boş vaziri vakili Ariel Bulşteyn.
Tunnel kölamini tavsiflar ekan, Bulşteyn uning çuqurligi 50 metrga yetganini, uzunligi esa 4 kilometrga yaqin ekanini tuşuntirdi. Avtomobillar tunneldan heç qanday tösiqsiz ötişi mumkin va uning bezaklariga «dunyoning köplab mamlakatlaridagi metro stansiyalari ham hasad qilişi mumkin».
17 dekabr kuni Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) Falastinning HAMAS harakatiga tegişli eng yirik tunnel tizimini topgani haqida xabar berilgan edi.













