Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni MDH norasmiy sammitining madaniy tadbirlar dasturi doirasida Sankt-Peterburg şahrining saroy-boğ majmualari bilan tanişdi.

Davlatimiz rahbari Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakçilari bilan birgalikda “Pavlovsk”, “Tsarskoye selo” va “Petergof” muzey-qöriqxonalariga taşrif buyurdi.
XVIII-XIX asrlarda barpo etilgan uşbu tarixiy obidalar YuNeSKO Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan, me’morçilik va boğçilik san’ati durdonalari sifatida tan olingan.
Tanişuv çoğida davlat rahbarlariga saroylar tarixi, ularning içki bezagi va badiiy töplamlari töğrisida batafsil sözlab berildi. Oliy martabali mehmonlar e’tiboriga musiqa va xalq oğzaki ijodi jamoalarining çiqişlari havola etildi.



















