Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Qaşqadaryo filialida yana 3 nafar bemorda işlab turgan yurakda noyob kardiologik operatsiyalar bajarildi. Bu haqda viloyat SSB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Qarşi tumanida yaşovçi 52 yoşli ayol M.M.da «Mammar-koronar şuntlaş. 1 şunt», Qamaşi tumanida yaşovçi 65 yoşli ayol N.M.da «Aorta-koronar şuntlaş. 2 şunt» operatsiyalari muvaffaqiyatli ötkazildi.
Qarşi tumanida yaşovçi 67 yoşli erkak R.F.da esa jarayon ança murakkabroq keçgan. Unda «Öng tomon içki uyqu arteriyasi endarektomiyasi» deb nomlangan noyob jarrohlik amaliyoti ötkazildi. Bu operatsiya boş miyani qon bilan ta’minlovçi uyqu arteriyalari 70 foizga va undan köproq torayganda va boş miyada işemik insult rivojlaniş xavfi yuqori bölgan vaqtda bajarilişi bilan ahamiyatlidir.
Operatsiyalar markaz va filial kardiojarrohlari tomonidan amalga oşirilgan. Ayni paytda bemorlarning ahvoli yaxşi ekani ta’kidlangan.












