Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qaşqadaryo viloyati narkologiya muassasasi faoliyati bilan tanişdi.

«U yerga sohadagi ahvolni boriça köriş, özgarişlarni eng murakkab joydan boşlaş uçun bordik. Munosib şaroit va malakali yordam bilan birga samimiy eʼtibor ham bemorga kuç beradi. Baʼzan bir oğiz dalda kişida işonç va umid uyğotadi. Heç kim yordam söraşdan çöçimasligi, dardi bilan yolğiz qolmasligi kerak. Kasallikning oldini oliş, davolaş va reabilitatsiyani qamrab olgan, turli soha mutaxassislari bir jamoa bölib işlaydigan tizim yaratişni maqsad qilganmiz. Mahalliy va xalqaro ekspertlar bilan birgalikda sohani tubdan yangilaşga qaratilgan maxsus dastur işlab çiqamiz. Bunda inson, uning qadri va soğlom hayotga qaytişiga kömaklaşiş eʼtibor markazida turadi», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.