— Livanga berilgan zarbadan keyin “Hizbulloh” va HAMAS Isroilga birgalikda javob berişi mumkinmi?
— Solih al-Aruriyning öldirilişi natijasida HAMAS, “Hizbulloh” va boşqa taşkilotlar tomonidan keskin e’tiroz bildirilyapti. “Hizbulloh” tomonidan keskin javob beriş masalasi kötarildi. HAMAS esa özi şundoq ham uruş holatida, yana şundan çiqib turib alohida javob qaytarişi qiyin bölsa kerak.
Livan – mustaqil suveren davlat. Livan tomoni Isroildan izoh söradi, Isroil esa bu Livanga qaratilgan harakat emas, degan javob berdi. Solih al-Aruriy “Hizbulloh” va HAMAS örtasidagi masalalarda asosiy şaxs edi. Yana şunday bir vakilni topiş uçun “Hizbulloh” va HAMAS vaqt yöqotadi, bu orada HAMASning Ğazodagi ayrim harakatlari çeklanişi ham mumkin.
“Hizbulloh” taşkiloti keskin javob bölişi haqida bayonot berdi, ammo bu kabi bayonotlar oldin ham bölgan, biroq uruş darajasiga bormagan, vaqti-vaqti bilan kiçik hujumlar bölib turgan. “Hizbulloh”ning ğoyaviy yetakçisi bölgan Xumayniy ham töğridan töğri uruşga kirmaslikka çaqirgan edi. Çunki hamma bilib turibdiki, bunday harakatlar orqali Eron homiyligi ostidagi taşkilotlarni uruşga tortiş közlanyapti.
— Zarbaning asl sababi uruşni kengaytirişmi yoki faqat HAMAS liderlarini nişonga olişmi?
— Uruşni kengaytiriş maqsadi ham bölişi mumkin. Çunki Isroilning xalqaro hamjamiyatdagi obrösi tuşib boryapti. Şunday holatda vaziyatdan çiqiş uçun bunday yöllar ham tutilişi mumkin. Dunyo nigohini Ğazodagi vaziyatdan boşqa tomonga olişga uriniş bölayotgan bölişi mumkin.
Eron siyosatida Isroil masalasi aniq belgilangan, ular Isroilni davlat sifatida umuman tan olmaydi. Şuning uçun ham Isroil va Eron oçiqdan oçiq bir-biriga duşman hisoblanadi. Şuning uçun ham bu masalani hal qilib oliş uçun Eronni uruşga tortiş provokatsiyalari böladi. Eron bunday provokatsiyalarga uçmaydi, çunki oqibatini yaxşi biladi, AQŞ va Ğarb bilan uruşişga töğri kelişini anglaydi. Şu nuqtayi nazardan, oçiqça javob bermaydi. Ammo “Hizbulloh” kabi taşkilotlar orqali javob berişga harakat böladi. Iroq va Suriyada ham şunday bölgan edi, ya’ni vositaçilar orqali uruş bölgandi. Töğridan töğri uruş oğir oqibatlarga olib keladi.
— Erondagi terakt uçun javobgarlikni IŞID zimmasiga oldi. Bu guruh yana faollaşdi deyiş mumkinmi?
— IŞID, “Al-Qoida”, “Jabhat an-Nusra” kabilar vositaviy kuçlar hisoblanadi, siyosiy kuçlar bunday taşkilotlarga vaqti-vaqti bilan murojaat qilib turadi. Şuning uçun ham bu taşkilotlar kuçsizlantiriladi va kerak bölganda yana sahnaga olib çiqiladi. Oxirgi 25-30 yilda geosiyosiy maydonda bunday holatlar köp böldi. Bunday taşkilotlarni doimiy faol uşlaş uçun resurslar kerak, şuning uçun kerak bölgan paytda faollaştiriladi. Öylaşimça, IŞID oldingiday faol bölişi geosiyosiy kuçlarning kelişuviga boğliq. IŞID bölmasa, boşqa taşkilot çiqadi, bu yerda asosiy masala ularning nima maqsadda tayyorlanganligida.
Şunday murakkab holatda kimdir teraktlarni böyniga olişi kerak böladi, şunday bir vaziyatda IŞID çiqyapti. Lekin Suriyadagi kabi faol holatga qaytmaydi.
IŞID Suriyadan siqib çiqarilgaç, Iroqqa ötdi, keyinçalik Afğonistonga ötdi. “Tolibon”ning öz muammolari yetarli, butun boşli davlat taşvişi turibdi. Şunday bir holatda IŞIDni Afğonistondan çiqariş “Tolibon”ning öziga ham yordam berişi mumkin. Şuning uçun ham “Tolibon” Eronning Afğoniston çegarasida antiterror operatsiyaga munosabat bildirmayapti. Şu bahonada “Tolibon” ham IŞID Afğonistonning qayerlarida faoliyat olib borayotganini aniq bilib olar, öz xavfsizligi uçun.
— IŞID Suriya, Iroq va Afğonistonda faol. Hozirgi kunda bu guruhning asosiy joylaşgan markazi qayerda?
— Suriyada asosiy qismi siqib çiqarildi, hozir köproq Afğonistonda faoliyat olib borişadi, çunki nazoratsiz hudud u yer, “Tolibon” ham töliq nazorat örnatolgani yöq. Iroqda ham qisman faoliyat olib boryapti.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.











