Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Isroilni Ğazo sektoridagi harbiy amaliyotlar kölamini kamaytirişga çaqirdi. Berbok 7 yanvar, yakşanba kuni Isroil taşqi işlar vaziri Israel Kats va prezident Itsxak Gersog bilan Quddusda bölib ötgan muzokaradan söng: «köplab begunoh odamlarning azoblari şu tarzda davom eta olmaydi, harbiy amaliyot kamroq kölamda ötkazilişi kerak», dedi.

Berbokning aytişiça, Isroil armiyasi Ğazodagi tinç aholini himoya etiş uçun «köproq harakat qilişi» kerak. «U juda köp falastinliklarga zarar yetkazmasdan, HAMASga qarşi kuraşiş yöllarini topişi kerak», dedi nemis vaziri. Annalena Berbok bir neça Isroil vazirlari tomonidan ilgari surilgan Ğazo sektoridan falastinliklarni köçiriş taşabbusi böyiça ogohlantirdi. Ğazo «şubhasiz» falastinliklarga tegişli, dedi Berbok.

Berbok: Germaniya Isroilning özini himoya qiliş huquqini qöllab-quvvatlaydi

Şu bilan birga, Germaniya taşqi işlar vazirligi rahbari Isroil hukumatini xalqaro gumanitar huquq doirasida Isroilning özini himoya qiliş qonuniy huquqini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. «Mamlakatingiz Isroilni yer yuzidan yöq qilmoqçi bölgan terrorga qarşi kuraşda bizning birdamligimizga işonişi mumkin», - deya ta’kidladi Berbok. U HAMAS guruhini Isroilga hujumlarni töxtatişga va barça garovga olinganlarni ozod qilişga çaqirdi. «Agar HAMAS fanatik tarzda bu bema’ni kuraşni davom ettirmaganida edi, uruş allaqaçon tugagan bölardi», deydi vazir. 

8 yanvar, duşanba kuni Annalena Berbok Iordan daryosining Ğarbiy sohiliga taşrif buyurişni rejalaştirmoqda. Taşrif doirasida Germaniya taşqi işlar vaziri isroillik köçmançilar zöravonligidan jabr körgan falastinliklar bilan uçraşadi. U «7 oktyabrdan beri keskin kuçaygan» hujumlarni qoraladi va Isroil hukumatini falastinliklarni himoya qilişga çaqirdi. 

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan.

Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. 

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 22 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.