— Blinkenning Yaqin Şarqqa navbatdagi safari, Turkiya rahbari bilan ham uçraşgani nimani anglatadi?
Şavkat Ikromov: — Blinken bu uruş boşlangandan beri törtinçi marta Yaqin Şarqqa keldi, Iordaniya, Isroilda ham böldi. Tinç aholi ölimining oldini oliş böyiça muzokaralar olib bordi. Erdöğan bilan uçraşuvda ham keskin mavzular yöq, eski masalalar muhokama qilingan, ya’ni Ğazoda kim qolişi, aholiga yordam kabilar.
Uruş boşlagandan buyon Turkiyaning ta’siri oşib bormoqda, şuning uçun ham AQŞ Turkiyaga köproq e’tibor qaratyapti endi. Keyingi muzokara jarayonlari Turkiyaga topşirilişi ham mumkin. Ammo joriy vaziyatda keskin özgarişga olib keluvçi bayonotlar berilmadi. Turkiyada NATO kelajagi, Ukraina masalalari ham muhokama qilindi. Iordaniyadagi uçraşuvda ham şu kabi masalalar körildi. Tomonlar mintaqada faqat diplomatik yöl bilan tinçlik örnatişga işonmoqda.
Kamoliddin Rabbimov: — AQŞning birinçi maqsadi uruşning kengayib ketişiga yöl qöymaslik. Yamandagi husiylar hujumlar qilib turibdi, Telegraph gazetasi ma’lumotiga köra, husiylarning harakati böyiça Humayniy iştirokida rejalar tuzilgan. Ikkinçi tomondan AQŞ Iroqdagi vaziyat izdan çiqişidan xavotirda, çunki Iroq davlatçiligi ança zaif, boş vazir vaziyatni töliq nazorat qilolmaydi, parlamentda eronparast amaldorlar ham yetarli. «Hizbulloh» taşkiloti ham vaziyatni kuzatib boryapti, uning lideri Haman Nasrullo juda ham kuçli siyosatçi hisoblanadi.
Umuman AQŞning maqsadi Isroilni himoya qiliş, şu yölda Saudiya, Turkiya kabi davlatlar bilan muloqot qiliş va mintaqada uruşni kengayişiga yöl qöymaslik. Arab davlatlari ham Blinkenga bosimlar qilyapti. Saudiyaning Londondagi elçisi agar Isroil qilgan işni boşqa davlat qilganda, dunyo davlatlari bunday siyosiy tuzumni allaqaçon yiqitgan bölar edi, degan gapni aytdi. Yuqorida aytilganidek, Turkiya ta’siri oşyapti. Blinken uruş tugagaç, Ğazoni kim nazorat qiladi va uning tiklanişiga qaysi davlatlar qanday yordam bera oladi, degan masalani aniqlaştirmoqçi.
— Bir neça kun avval Politico naşrida AQŞ Yaqin Şarqdagi uruşning ehtimoliy kengayişiga tayyorlanayotgani haqida xabarlar keng tarqaldi, bunga asos bormi, bor bölsa ehtimoliy nuqtalar qaysilar?
Kamoliddin Rabbimov: — Asosiy xavotir nuqtasi Yamandagi husiylar. Ularga ta’sir qiluvçi yagona davlat Eron. Yaqin Şarqdagi vaziyat izdan çiqib, AQŞ ta’siri pasayişini istaydi Rossiya. Iroq boş vaziri AQŞ harbiylari çiqib ketişini aytganda ham Rossiya taşqi işlar vazirligi qölladi. Rossiya va Eronning maqsadi Yaqin Şarqda AQŞ iştirokini kamaytiriş.
Yana bir qiziq holat: Iroqdagi AQŞga tegişli bazalarga Eronga yaqin bölgan kuçlar tomonidan juda köplab hujumlar bölyapti, ammo AQŞ javob berolmayapti. AQŞ Eron bilan töğridan töğri uruşni istamaydi, çunki ayni vaziyatda resurslar yetmaydi.
Şavkat Ikromov: — Politico naşrida uruş kengayişi böyiça taxminiy ssenariy ham berilgan. Birinçi örinda Yaman hududi, Livan hududlari, Iroq va Eron hududlari ham aytilgan. Yamanda uruş harakatlari bölsa, bu uruş Yaman bilan emas, u yerdagi husiylar bilan böladi. Husiylar bilan urişiş muvaffaqiyatga olib kelmasligini köplab AQŞ tahlilçilari aytmoqda. Saudiya 7 yil husiylar bilan uruşdi, ammo natijasi bölmadi. Şuning uçun bu yerda uruş bölişi ehtimoli kamroq, şundoq ham Qizil dengizdan yuk taşiş sönggi oyda 35 foizga qisqarib, Saudiya va boşqa davlatlar iqtisodiyotiga katta ta’sir qilyapti. Saudiya mintaqaviy xavfsizlikka harakat qilayotgan bir paytda barçasi yöqqa çiqişi mumkin. Şu sababli Körfaz arab davlatlari diplomatlari ham keskin bayonotlar beryapti Isroilga nisbatan. Qöşma ştatlarga ham işonçsizlik bildirilmoqda. Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorlik taşkilotining Ğazoga yordam beriş böyiça kengaşi tuzildi, unga rahbarlik qilayotgan Saudiya taşqi işlar vaziri masalani muhokama qiliş uçun Pekin va Moskvaga bordi, şuning özi rasmiy Vaşingtonga işonçsizlikni bildiradi.
Livan böyiça gapiradigan bölsak. Har doim Isroil va Falastin örtasidagi uruşlarda Livanning bir qismi uruşga tortilgan. «Hizbulloh» va Isroil özaro uruşdan tiyilişga harakat qiladi, çunki katta uruşga sabab bölib ketadi.
Eron va Iroq masalasi alohida bir masalasi. Ayni paytda Eronda uruş harakatlari boşlaşga AQŞ ham jur’at qilolmaydi, resurslar yetmasligidan taşqari bu yil saylovlar yili AQŞda, bunday paytda uruşga kiriş ma’qul hisoblanmaydi.
Iroq hududida xarbiy harakatlar olib boriş esa Turkiya va Rossiya bilan muzokaralarni talab qiladi. Şu nuqtai nazardan aytiş mumkin, yangi frontlar oçilib, uruş kengayib ketişi haqiqatga yaqin emas.
— Saudiyaning diplomatiyadan taşqari ta’sir riçaglari bormi yana?
Şavkat Ikromov: — 1973 yilda Saudiya neft quvurlarini yopiş orqali neft inqirozini keltirib çiqargan edi. Yana şunday qiliş imkoni bor. Ammo Saudiya diplomatiya bilan masalani hal qilmoqçi. Saudiya Ğazoda tinçlik bölişidan eng köp manfaatdor. Negaki Saudiya uzoq yillardan beri mintaqaviy barqarorlikka intiladi va buning ortidan iqtisodiy taraqqiyotga erişişni közlaydi, 2030 yilgaça iqtisodiy kuçli davlatlar 20 taligiga kirmoqçi, aniq strategiyalari, katta-katta loyihalari bor. Ğazodagi vaziyat esa bularni töxtatib qöyyapti.
— Keçagi xabarlarga köra Qatar kelişuvning yangi şartlarini taklif qildi: asirga olinganlarni ozod qiliş, Isroil askarlarini Ğazodan olib çiqiş va HAMAS yetakçilarini Ğazo sektoridan çiqarib yuboriş. Bu kelişuv amalga oşsa, Ğazo taqdiri nima böladi?
Kamoliddin Rabbimov: — Bu talablarni Isroil qabul qilolmaydi. Netanyahu biladiki, oldiga qöygan vazifalarini minimal bajarmasdan turib, taşqi bosim bilan Ğazodan çiqib ketsa, hokimiyatda uzoq qololmaydi. Şundoq ham uruşdan keyin hokimiyatdan ketiş ehtimoli juda katta. Çunki oldiga qöygan missiyasi bor edi, birinçi navbatda arab davlatlari Isroilni tan olişi, ammo vaziyat özgarib ketdi.
Uruş boşida Isroil HAMASni yöq qilmoqçi edi. Şuning uçun ham Isroil HAMASni çiqarib yuborişga rozi bölmaydi. Qatarning bu talabi amalga oşişi ehtimoli kam. Ammo Isroil vaziyatdan qanday çiqişni ham bilmaydi. Hatto xalqaro institutlar doirasida bosim qiliş boşlandi. JAR Isroilni Haaga sudiga berdi, buni bir qança davlatlar qölladi ham. Bunday bosimlarga bardoş beriş qiyin, bardoş berganda ham asoratlari qoladi. Homiyligidagi Isroil şu işlarni qilgandan keyin AQŞ boşqalardan inson huquqlarini talab qilişi qiyin masala. AQŞ uçun Isroil oğir asoratli yukka aylanib böldi.
Şunday bir vaziyatda Qatar talablarini Isroil ham, HAMAS ham bajarmaydi, menimça. HAMAS uçun hozirgi vaziyat qulay, ya’ni aholi ularni qöllaydi, yaxşi yaşiringan, 10 yil davomida yerosti tunnellari tizimini şakllantirgan. HAMAS vakillarini töla topiş deyarli imkonsiz iş, şunday bir şaroitda uruşning çözilişi HAMAS uçun manfaatli.
Isroil bosqinçi davlat sifatida allaqaçon namoyon bölgan. AQŞ fuqarolari Isroil özini himoya qiliş huquqiga ega deydi, ammo Yevropa aholisi Isroilni tanqid qiladi, ayniqsa sönggi 20-30 yil içida yevropaliklar Falastin tomonida.
Şavkat Ikromov: — Isroil va HAMAS bir-birini yöq qilmagunça urişişini aytadi. Uruş qanday tugaşidan qat’i nazar, HAMAS maqsadlarining bir qançasiga erişdi. Masalan, mintaqadagi AQŞ boşlagan me’yorlaştiriş jarayonini izdan çiqarmoqçi edi, bunga erişdi. HAMASning Ğazodan çiqişi haqida gapiriş reallikdan yiroq. HAMAS Ğazoga şunday joylaşganki, göyoki yöqdek. HAMAS liderlarini yöq qiliş mumkin, lekin ularning örinbosarlari tayyorlab qöyilgan, HAMAS bu uruşga har tomonlama tayyorlangan. Şu ma’noda hali kuraş davom etadi va Qatar taklif etayotgan yeçim özini oqlamaydi.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.











