BMT Xalqaro sudi Ğazo sektoridagi uruş usullari tufayli genotsidda ayblangan Isroil davlatiga qarşi da’voni körib çiqişni boşladi. Yiğiliş YouTube ijtimoiy tarmoğida namoyiş etildi.
Sudyalar qasamyod qilgandan söng, boş sudya Joan Donohyu ayblovlarni öqib çiqdi. Janubiy Afrika tomonidan berilgan da’voda Isroil 1948 yilgi «Genotsid jinoyatining oldini oliş va uning uçun jazolaş töğrisida»gi BMT konvensiyasini buzişda ayblanadi. Dastlabki çora sifatida Janubiy Afrika Isroildan Ğazo sektoridagi harbiy amaliyotini zudlik bilan töxtatişni talab qilmoqda.
Janubiy Afrika manfaatini himoya qilayotgan britaniyalik advokat Voan Louning sözlariga köra, Ğazo sektorida yaşovçi falastinliklarni guruh sifatida yöq qiliş niyati haqidagi gumon yahudiy xalqi yoki Isroil fuqarolariga emas, faqat Isroil hukumati vakillariga tegişli. «Hujum yoki provokatsiya qançalik dahşatli yoki nafratli bölmasin, bunga genotsid bilan javob qaytarilişini qabul qilib bölmaydi», dedi u.
Da’voni körib çiqayotgan hay’at tarkibiga Xalqaro jinoyat sudining 15 nafar doimiy sudyasi, şuningdek, da’vogar va javobgar mamlakatlardan bittadan vakil kirgan: Janubiy Afrika boş sudyasining sobiq örinbosari Dikgang Moseneke va Isroil Oliy sudining sobiq raisi Aaron Barak.
Isroil rasmiylari bu ayblovlarni rad etib, davlat özini himoya qilişining yagona yöli HAMAS harakatini butunlay yöq qiliş ekanini ta’kidlamoqda. Isroil vakillari sudda 12 yanvar kuni sözga çiqadi.
Isroil hukumati vakili Eylon Levi da’voni «qonli tuhmat» bilan qiyosladi – ötmişda yahudiylar nasroniy bolalarni öldirişda va ularning qonini diniy marosimlarda işlatişda ayblangan. Levi, şuningdek, Janubiy Afrikani HAMAS harakatini «qonuniy himoya» bilan ta’minlaşga urinişda aybladi.
The Times of Israel naşriga köra, Isroil va Falastin tarafdorlari bölgan yuzlab namoyişçilar sud binosi oldida yiğilib, mahkama boşlanişini kutişgan.
HAMAS nazoratidagi Ğazo sektori soğliqni saqlaş vazirligi ma’lum qilişiça, mintaqadagi uç oylik uruş 23 mingdan ortiq odamning umriga zomin bölgan va 2,3 million aholining deyarli barçasi uylarini taşlab ketişga majbur bölgan. BMT Ğazo sektorining qamal qilinişi va oziq-ovqat, yoqilği va dori-darmonning keskin tanqisligi u yerda gumanitar falokatni yuzaga keltirganini ta’kidlaydi.













