Isroilning Raanana şahrida bir kişi piçoq bilan ötkinçilarga hujum qildi. U bir neçta odamni yaraladi, keyin maşinaga ötirib, uni piyodalar ustiga haydadi. Uning harakatlari oqibatida 1 ayol halok böldi, kamida 19 kişi jarohat oldi, deb yozdi Isroil matbuotiga tayanib The Insider.
Guvohlardan birining aytişiça, kimdir savdo markazi taşqarisida uç kişini piçoqlagan, söngra maşinani öğirlab, undan odamlarni bosib ketiş uçun foydalangan.
Markaziy okrug politsiya bölimi boşliği Avi Bitton sözlariga köra, Raananadagi hujumni Hevron hududidan ikki falastinlik amalga oşirgan. Ikkalasi ham hibsga olingan va söroq qilinmoqda. Ular Isroilda noqonuniy bölgani aytilmoqda.
The Times of Israel naşrining yozişiça, terrorçilar bir neçta avtomobillarni nazoratga olgan va şaharning uçta joyida hujum uyuştirgan. Birinçi terrorçi juda tez, ikkinçisi esa bir neça daqiqadan söng uşlangan. Politsiya boşqa gumondorlar borligini ham istisno qilmayapti va hududda qidiruv işlarini davom ettirmoqda.












