Reuters xabariga köra, Isroil hukumati va HAMAS guruhi Ğazo sektorida 30 kunlik öt oçişni töxtatiş, falastinlik asirlar va isroillik garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça prinsipial kelişuvga erişgan. Bunga Qatar, AQŞ va Misr vositaçiligida sönggi haftalarda olib borilgan intensiv muzokaralar natijasida erişildi, biroq Isroilning harbiy amaliyotini yakuniy töxtatiş şartlari böyiça kelişmovçiliklar saqlanib qolgani sababli yangi sulhning amalga oşirilişi keçiktirildi. Bu haqda agentlik 24 yanvar, çorşanba kuni bir neçta manbalarga tayanib xabar berdi. 

HAMAS doimiy otaşkesim şartlarini muvofiqlaştiriş zarurligini bildiryapti
 
Reuters ta’kidlaganidek, Isroil va vositaçilar tinç aholidan tortib harbiylargaça bölgan turli toifadagi isroillik garovga olinganlarni bosqiçma-bosqiç ozod qilişga intilmoqda va buning evaziga falastinlik asirlarni ozod etişni hamda Ğazo sektoriga yordamni oşirişni taklif qilmoqda. Agentlik ma’lumotlariga köra, diplomatik sa’y-harakatlarning joriy bosqiçi 28 dekabrda boşlangan. Muzokaralar çoğida HAMASning vaqtinçalik öt oçişni töxtatiş haqidagi talablari bir neça oydan 30 kunga qisqartirildi, dedi muloqot tafsilotlari bilan taniş bölgan ismi oşkor etilmagan rasmiy. 

Uşbu ma’lumotlarga köra, Isroil Falastin guruhiga, agar HAMAS yetakçilari Ğazo sektoridan çiqib ketsa, harbiy amaliyotni töxtatişni taklif qiladi, biroq HAMAS bu talablarni rad etdi hamda vaqtinça sulh va garovga olinganlarni ozod qiliş şarti sifatida yana doimiy öt oçişni töxtatiş uçun kafolatlar berişni talab qildi. Şu bilan birga, Reuters suhbatdoşlari kelişuv istalgan daqiqada tuzilişi mumkinligini ta’kidlamoqda. 

Rasmiy manbalar Reuters axborotini hali tasdiqlanmadi. Axios avvalroq Isroilning ikki oy davomida öt oçişni töxtatiş taklifi haqida xabar bergan edi. 

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan.

Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. 

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 25 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.