Özbekistonda mobil aloqadan qança aholi foydalanişi töğrisida ma’lumot berildi.
Statistika agentligi xabariga köra, 2024 yilning 1 yanvar holatiga Özbekistonda mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni qariyb 34,2 mln nafarga yetgan. Şundan 28,8 mln nafari aholida qayd etilgan.
Aholining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kişi hisobiga 79 birlikni taşkil etdi. Bu raqam 2020 yilda 69 birlikni, 2021 yilda 71 birlikni, 2022 yilda 73 birlikni taşkil qilgan.
2022 yil 1 oktyabr holatiga Özbekistonda mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni 30 mln 955,8 ming nafarni taşkil etgandi.












