Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva AQŞ prezidenti lavozimiga Donald Trampdan köra Jo Baydenni afzal körişini aytdi. Bu haqda u VGTRK muxbiri Pavel Zarubin bilan suhbatda gapirdi. 

Zarubin Putindan «Biz uçun kim yaxşiroq, Bayden yoki Tramp?», deb söradi. 

«Bayden», - deb javob berdi Putin. 

«U tajribaliroq, uning harakatlarini oldindan aytiş mumkin, eski formatsiya siyosatçisi. Ammo biz Amerika xalqi işonç bildirgan har qanday rahbar bilan hamkorlik qilamiz», deb javob berdi Putin. 

Rossiya prezidentidan Baydenning soğliği haqidagi xabarlarga qanday munosabatda ekani ham söraldi. Putinning sözlariga köra, bunday xabarlarga AQŞ saylov kampaniyasi ham sabab bölmoqda. 

«Menimça, Qöşma Ştatlarda içki siyosiy kampaniya, saylovoldi kampaniyasi tobora kuçayib bormoqda. U tobora ötkir şakllarga ega bölmoqda. Biz esa bu jarayonga aralaşişimiz noörin. Qarang, men Bayden bilan Şveytsariyada uçraşganman, bu uç yil oldin edi. Şunda ham uni layoqatsiz deyişardi. Men bunga öxşaş narsani körmadim. Ha, u qoğoziga qarab qöydi, men ham özimning qoğozimga qaradim. Buning yomon tomoni yöq. Qayerdadir, vertolyotdan tuşayotib, boşi bilan urilibdi, xöp… Bizda ham kimdir, qayerdadir boşi bilan urilmagan bölsa, bemalol ta’na qilaversin», dedi Putin. 

Uning qöşimça qilişiça, AQŞ ma’muriyatining hozirgi pozitsiyasi «juda zararli va notöğri». «Va men bir paytlar bu haqda prezident Baydenga aytganman», deb xulosa qildi Putin. 

AQŞ prezidentlik saylovi 2024 yil noyabrida bölib ötadi.