13-noyabr kuni Özbekiston hududida havo özgaruvçan böladi. Ayrim hududlarda yomğir yoğişi, tuman tuşişi mumkin. Toğoldi va toğli hududlarda yoğingarçilik kuçli bölişi ehtimoli bor. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Toşkent şahrida keçasi +2…+4°, kunduzi +7…+9° iliq böladi. Yomğir yoğişi mumkin.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi −2…−7°, kunduzi +5…+10° böladi. Ayrim joylarda tuman tuşişi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi −2…+3°, kunduzi +5…+10° böladi.
Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarining ayrim joylarida yomğir yoğişi va tuman tuşişi mumkin. Keçasi +0…+5°, ayrim joylarda −2° gaça, kunduzi +5…+10° böladi.
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida keçasi va ertalab ayrim joylarda yomğir yoğadi. Harorat keçasi +2…+7°, kunduzi +8…+13° böladi. Şamol tezligi 13–18 m/s gaça kuçayişi mumkin.
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida ayrim joylarda yomğir yoğişi kutilmoqda. Keçasi +0…+5°, ayrim joylarda −2° gaça, kunduzi +7…+12° böladi.
Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida yomğir qorga aylanişi, ayrim joylarda kuçli yoğingarçilik kuzatilişi mumkin. Keçasi −2…−7°, kunduzi +0…+5° böladi.













