— Çobahor portidan Özbekiston qanday foydalanadi va istiqbollari qanday? Hal qilinişi kerak bölgan masalalarga ham töxtalib ötsangiz.
Rahmatullo Xörmoliy: — Çobahor portini rivojlantiriş va ahamiyatga ega bölgan uşbu portning mintaqaviy va butun dunyo tovar almaşinuvlari hamda şarq-ğarb va şimoli-janub ta’minot zanjirlaridagi ahamiyati Eron Islom Respublikasining muhim ustuvor yönalişlaridan biridir. Hamkor va döst davlatlar, jumladan, Özbekiston Respublikasi bilan muştarak manfaatlarni oşiriş doirasida strategik şeriklik va hamkorlikni mustahkamlaş masalasi bizning kun tartibimizdan örin olgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Eron Islom Respublikasining tarixan yaxşi geografik tranzit hududida joylaşganligi, tranzit borasida boşqa davlatlarga nisbatan köproq afzalliklarga ega ekanligi va uşbu afzalliklardan maksimal darajada foydalanişga intilişini hisobga olib, şuningdek, ikki asosiy vaqt, tranzit narxlari va ta’riflarni optimallaştiriş orqali raqobat ustunligini ta’minlaş yondaşuvlaridan kelib çiqib, Eron Islom Respublikasi uning hududi va obektlaridan foydalaniş borasida Özbekiston Respublikasi bilan har qanday şeriklik va hamkorlikni mamnuniyat bilan qabul qiladi. Taxminan ikki yil avval tomonlar örtasida Çobahor portidan foydalaniş böyiça özaro Anglaşuv memorandumi imzolangan edi.
Şu örinda Eron, Hindiston va Afğoniston örtasida tranzit sohasida Çobahor porti töğrisidagi bitim imzolanganini alohida ta’kidlamoqçiman. Biz hatto Özbekiston hukumati Markaziy Osiyodagi muhim davlat sifatida bu kelişuvga qöşilişi kerak, degan taklifni ham ilgari surdik. Çobahor porti “Şimol-Janub” koridorining muhim nuqtasi bölib, bu borada 2012-yilda Ummon, Qatar, Eron, Turkmaniston va Özbekiston örtasida Aşxobod şartnomasi imzolangan. Bir söz bilan aytganda, Özbekiston ham uşbu şartnomaga qöşilib, a’zo bölişi mumkin.
Ikki narsani ta’kidlab ötmoqçiman, hozirda Çobahor portidan Zohidan va undan keyin Eronning Sarxs şahriga temiryöl aloqasi amalga oşirilmoqda. Xudo xohlasa, aqlli va töğri fikr bilan Özbekistonni uşbu temiryöldan foydalanişga taklif qilamiz.
Umid qilamizki, yaqin kelajakda Çobahor okean portiga aylanadi. Özbekistonliklar uçun, ayniqsa, logistika va tranzit sohasiga sarmoya kiritiş imkoniyati mavjud böladi. Umid qilamizki, qöşma korxonalar tuzilib, özbekistonliklar bu imkoniyatdan foydalanadilar.
Biz uşbu aloqalarning özaro şartnomalar tuziş darajasiga yetişiga işonamiz. Hatto siz va ekspert Nargiza xonimga Çobahor porti, Abbos porti va Eronning şimoliy portlarini yaqindan körişni taklif qilaman. Va Eronning imkoniyatlari haqida köproq bilib olişingiz mumkin.
Nargiza Umarova: — Bugungi kunda Çobahor porti salohiyatidan foydalaniş Özbekiston uçun ustuvor masalalardan biri. Bu port nisbatan yoş port, umuman, Eron tranzitidan foydalaniş esa 90-yillardan boşlangan edi. Eronga Turkmaniston orqali olib boruvçi temiryöl ham 1996 yilda tuşgan. Lekin u vaqtda biz köproq Bandar Abbos portidan foydalanardik. Oxirgi 10-15 yilda Çobahor porti imkoniyatlarini oşiriş böyiça Hindiston bilan işlar olib bordi Eron. Aşxobod kelişuvi ham bor 2011 yildagi, bu kelişuv Özbekiston uçun unikal edi, çunki Eron orqali dengiz yöllariga çiqiş imkoniga ega böldik. Faqatgina Eron emas, Fors körfaziga çiqiş ham közda tutilgan edi, bu esa butun Yevropaga, dunyo bozoriga çiqiş böladi. 2021 yilda Özbekiston va Turkmaniston komissiyalari iş boşlaganda Aşxobod kelişuvi böyiça transport koridorini qayta tiklaşni masala qilib qöygandik. Endi bu transport koridori Çobahorga olib çiqişi mumkin. Ilgari Çobahorga zamonaviy temiryöl bormasdi, lekin bunday temiryöl deyarli qurib bitkazildi bugungi kunda. Töğri temiryöl orqali portga çiqiş katta imkoniyatlar yaratadi, biz uçun asosiy masalalardan biri ham aynan transport xarajatlarini qisqartiriş.
— Hozir faqatgina temiryöl bitişi qoldimi yoki boşqa masalalar ham bormi?
Rahmatullo Xörmoliy: — Töğri aytasiz, ya’ni şu Aşxobod kelişuvini yanada kuçaytiriş kerak böladi. Hamda bu yerda yana bir muhim narsa Çobahordan Zohidonga temiryöl qurilişi hali tugamadi. Quriliş hali ham jarayonda. Mening fikrimça, 2025 yilgaça işlar yakunlanadi.
Eron hukumati Nargiza xonim tilga olgan temiryöllar masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Xudo xohlasa bu masala hukumat kun tartibida. Çobahor va Sarxs örtasidagi mavjud liniyalardan biri qurib bitkaziladi. Bu orqali temiryöl narxlari kamayadi.
Nargiza xonim tilga olgan keyingi masala Aşxobod kelişuvi edi. Ha, 2011 va 2012 yillarda bir qança davlatlar hukumatlari örtasida bu kelişuv tasdiqlandi. Va bu masala biz uçun juda muhimdir. Lekin bu Özbekiston davlatidan Turkmaniston va Eron bilan uç tomonlama uçraşuvlar ötkazişni talab qiladi.
Nargiza Umarova: — Çobahorning yutuği şuki, Hind okeaniga töğridan-töğri çiquvçi port bu. Bundan taşqari, portga yaqin masofada Pokistonning Gvadar porti joylaşgan bölib, bu ikki port örtasida soğlom raqobat ketyapti, Özbekiston şu portga ham çiqişi mumkin. Bizga faqat Çobahor va Bandar Abbos porti emas, boşqa muqobil variantlar ham oçilyapti.
— Faqatgina vaqt masalasi turibdi, boşqa bir real tösiq yöq – şunday desak böladimi?
Rahmatullo Xörmoliy: — Nargiza xonim aytganlaridek sizda Gvadar porti varianti va 1993 yildan beri işlab kelayotgan Bandar Abbos varianti bor. Şuningdek yoş port sifatida Çobahor porti ham mavjuddir.
Bu yerda ikkita masala bor. Birinçi masala hozirda Pokistonga Afğoniston orqali kirişingiz kerak edi. Lekin hozirgi paytdagi Afğonistonning şaroiti barçaga ayon. Lekin Eron Islom Respublikasi siz uçun haqiqatan ham barqaror mamlakat va muhim jihat şundaki, siz Fors körfazi mintaqasiga kamroq xarajat va vaqt bilan kirasiz.
(Muxbirning xavfsizlik masalasi haqidagi savoliga javoban:) Biz Eronda töliq xavfsizlikka egamiz. Şu sababli Sarxes hududidan bemalol kirib, Bandar Abbosga kirişingiz mumkin. Sarxes viloyatiga avtomobil va temiryöl orqali kirib, Çobahorga yetib borişingiz mumkin. Arab mamlakatlariga borişingiz mumkin. Fors körfazidagi davlatlariga ham bemalol çiqişingiz mumkin.
Nargiza Umarova: — Özbekistonning özi ham xalqaro koridorlarni rivojlantirayotganda özining tranzit mamlakatga aylanişni hisobga oladi. Biz mintaqamiz markazidamiz, bu esa tranzit imkoniyatini oşiradi. Biz Eron bilan transport koridorini rivojlantiriş böyiça hamkorlik qilayotganimiz uçun qöşnilarimiz ham biz orqali Eronga çiqişni öylayapti va taklif qilyapti, masalan Qirğiziston. Ya’ni umuman, bu transport koridori qöşnilarimiz foydasiga ham böladi.
— Özbekistondan Turkiyaga Erondan boriş qulay, lekin bu transkavkaz yölidan qimmatroq ekanini aytişadi. Eron tomoni yuk taşuvçilar uçun tariflarni qayta körib çiqişi mumkinmi?
Rahmatullo Xörmoliy: — Eron Islom Respublikasi hamişa siz aytib ötgan tölovlarni kamaytiriş uçun birgalikda va özaro harakat qilişga intiladi. Va bu ayniqsa temiryöl va avtomobil yöllari sohasidagi strategik va keng qamrovli işdir.
Yuk maşinalarining harakatini osonlaştiriş birgalikda iş va birgalikda harakat qilişni talab qiladi. 2023 yil iyun oyida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Tehronga taşrifi çoğida Eron va Özbekiston örtasida transport sohasida hamkorlik töğrisidagi anglaşuv memorandumi imzolangan edi. Nargiza xonim bu masalani ham tilga oldi. Bizning sa’y-harakatlarimiz Eronni boşqa davlatlar uçun tranzit borasida döst va qulay davlat sifatida rivojlantirişdir. Şuning uçun tariflarni qayta körib çiqişimiz va birgalikda çora körişimiz kerak.
Joriy haftada Özbekiston delegatsiyasi Eron transport idoralari bilan muzokaralar olib boriş uçun Tehronda hozir bölib, qöşma qömita tuzilib, hujjatlar almaşildi, uning maqsadi uşbu xarajatlarni özaro qisqartirişdir.
Bu borada asosiy masala bu – xarajatlar masalasidir. Eron yuk maşinalari Özbekistonga kelib, Eron maşinasi uçun 400 dollar oladi. Bir marta kirib-çiqişi uçun jami 800 dollar olişadi. Eronda yoqilği juda arzon, taxminan 4 sent. Lekin Özbekistonda qança turadi? Taxminan 1 dollardan kamroq. Ya’ni tranzit puli yoqilği narxiga ham boğliqdir.
400 dollarni olib taşlasangiz, biz ham bu 400 dollarni olib taşlaşga tayyormiz.
— Transafğon koridorining Eronga çiquvçi yönalişi bugun kun tartibiga qaytyaptimi?
Nargiza Umarova: — Buni kun tartibidan tuşiriş kerak emas, garçi asosiy e’tibor Pokistonga çiquvçi Transafğon temiryöliga bölsa ham. Eronga çiquvçi Transafğon temiryöli Turkmaniston orqali çiquvçi yöl bilan bir xil vaqtda işlab çiqilgan edi, lekin Afğonistondagi siyosiy beqarorliklar sabab bu loyihani amalga oşiriş murakkablaşdi. Lekin Eron tomoni öziga yuklangan Hirotgaça bölgan temiryölni qurib bitkazdi, Özbekiston esa ma’lum sabablarga köra loyihani töxtatib turibdi. Afğonistonda Eron tomonidan qurilgan temiryöl orqali endi ular ham Çobahor portiga çiqişi mumkin, Afğoniston matbuoti ham bu haqida gapiryapti.
Eron va Özbekiston bu masalada yaxşi hamkorlik olib boryapti, lekin bu yerda Turkmaniston manfaatlari ham bor, masalalar «uçburçak»da körilişi kerak. Özbekiston va Eron harakatlari natijasida Turkmaniston ham jarayonga faol qöşiladi deb öylayman. Özi bu loyihalarda Turkmaniston tranziti eng köp iştirok etadi, Özbekiston orqali boşqa qöşnilarimiz ötsa, Özbekiston ham ularga qöşilib Turkmaniston tranzitidan foydalanadi.
Bundan taşqari, Eron orqali quruqlik bilan Yevropaga çiqib boriş mumkin. Bu böyiça Transkaspiy yönalişi işlaydi, lekin bu yölak yetarli bölmayapti hozir, paromlar yetişmay qolyapti. Ya’ni geosiyosiy vaziyat fonida talab kuçaydi bu yölakka, ammo salohiyati yetmayapti. Şu sababli Eron tranziti asqatadi bu vaziyatda, Markaziy Osiyodan taşqari Xitoy uçun ham, Yevropa uçun ham foydali böladi.
Transafğon yölagi kun tartibidan tuşgani yöq, Eron tomoni bilan bölayotgan muloqotlarda ham bu mavzu gapirilib, şu yölakdan foydalaniş közda tutilyapti.
— Transafğon yölagi böyiça asosiy masala xavfsizlikmi?
Rahmatullo Xörmoliy: — Har bir davlat tranzit yöllaridan foydalanişga intiladi. Bu yönaliş Eron uçun ham ustuvor yönaliş hisoblanadi. Çunki Şarq va Ğarb uçun, hatto Xitoyni inson iqtisodiyoti nuqtai nazaridan boğlaş muhokamasi ham şu tarafdan Yevropa davlatlariga boğlanadi.
Şuning uçun biz Eron Islom Respublikasi Afğoniston iştirokida, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari, xususan Özbekiston iştirokida har bir taşabbus ostidamiz.
Bu yönaliş biz uçun juda muhim. Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti kun tartibida boşqa koridorlar ham bor edi. Bir kamar, bir yöl Xitoy. Bularning barçasi bizning ustuvor vazifamizdir. Eron pullari evaziga afğonistonlik biznesmenlarga yordam qiliş uçun Roznak stansiyasigaça Xafov-Hirot uçastkasini qurdirdi.
Bu Afğoniston bilan yaxşi kelişuvlarga erişişimizga imkon berdi. Yuk va yölovçi taşiş sohasida yaxşi kelişuvga erişdik. Har holda Trans-Afğoniston biz uçun ham, alohida e’tibor qaratadigan Özbekiston uçun ham ustuvor masala.
— Transafğon temiryölining qurilmay qolgan qismi moliyaviy sabablarga taqaladimi yoki siyosiymi?
Nargiza Umarova: — Aniq bilmayman, lekin taxminlarim bor. Transport koridori yaratiş geosiyosat masalalaridan biri, şu sababli geosiyosiy vaziyatni ham inobatga oliş kerak böladi. Özbekiston uçun ikkita transport koridori muhim bölib turibdi: Pokistonga çiquvçi Transafğon temiryöli va Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temiryöli. Çorak asrdan beri muhokamada bölgan Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temiryöli endi quriladigan böldi. Agar Afğoniston orqali Eronga çiqiş yöli işga tuşsa, Xitoy Tojikiston orqali Afğonistonga ötib, Özbekiston tranzitiga ehtiyoj qolmasligi mumkin, şu sabab ham bu loyiha vaqtinça töxtatilgandir. Taxmin bu.
Pokistonga çiquvçi Transafğon temiryölini rivojlantirişga sabab Pokistondagi transport infratuzilmasini moliyalaştirayotgan Xitoy hisoblanadi. Bir makon — bir yöl loyihasi doirasida Xitoy Pokiston bilan iqtisodiy koridori juda qimmat loyiha hisoblanadi. Şu ma’noda Xitoy atrofdagi boşqa mintaqalar ham şu koridorga ulanişidan manfaatdor, şu jumladan, Özbekiston ham. Bizning Pokistonning Gvadar portiga çiqişimiz Xitoy va Pokiston iqtisodiy koridoriga ulanişimizni bildiradi va bundan manfaatdormiz. Umuman, hozir bizning turli muqobil yöllarni taşkillaştirayotganimiz juda yaxşi iş. Hozir ham Afğoniston yöli bölmasa ham Turkmaniston orqali Eronga çiqyapmiz bemalol.
— Zangezur yölagi oçilişida Eronning roliga ham töxtalsak. Bu yölak istiqbolini qanday baholaysiz?
Rahmatullo Xörmoliy: — Eronning yondaşuvi Şarq, Ğarb, Şimol va Janub xalqaro koridorlari zanjirini yakunlaşda rol öynaşdan iborat. Yaqinda Ozarboyjon Respublikasi bilan 2023 yilda şartnoma tuzdik. Bizda Aras koridori bölgan hududdan avtomobil-temir yölak bor. U Ozarboyjonni Naxçivan bilan u yerda qurilayotgan köprik orqali boğlaydi.
Ötgan yili men özim xuddi şu yönaliş böyiça Jolfa çegarasidan Armanistonning çegara hududigaça bölgan Ozarboyjon mintaqasiga bordim. Eronda operatsiya boşlandi va yaqin kelajakda bu koridor oçiladi degan umiddamiz. Ozarboyjondan Eronga kiradigan bu koridorning foydasi, şubhasiz, Markaziy Osiyo davlatlari va Turkiyani ham qamrab oladi.
Bizning nuqtai nazarimiz şuki, biz Eronda konstruktiv raqobatni yaratişga intilamiz va biz xalqaro foyda olişni xohlaymiz. Albatta, raqobatga ega bölgan marşrut yanada jozibador böladi. Demak, hozir mavjud bölgan bu koridor, Eronning şimoli ham xavfsiz, Armaniston va Ozarboyjonning umumiy manfaatlari bor va biz hamkorlik qilişga tayyormiz.
Eron Ozarboyjon va Naxçivon Respublikasi bilan uning koridori ozarboyjonlar uçun oçiq ekanligiga kelişib oldi.
Uşbu koridor hali amalga oşirilmagan va bu vaqt talab etadi. Ammo Erondagi yölak va musulmon davlati Ozarboyjon va qöşni Armaniston bilan bölgan yöl orqali biz harakatni amalga oşiramiz.
Nargiza Umarova: — Ozarboyjon tomoni ikkinçi Qoraboğ uruşidan keyin Armaniston bilan şu koridorni oçişga urindi, ammo Armaniston rozi bölmadi. Ikkinçi variant esa Eron orqali ötiş edi. Armaniston rozi bölmay tranzit imkoniyatini boy berdi. Eron esa iqtisodiy imkoniyatlarni qöldan boy bermay, allaqaçon amaliy işlar boşlandi Zangezur koridorini rivojlantiriş uçun. Umuman olganda, Zangezurga qarşi bölganlardan köra qöllayotganlar köp, şu ma’noda Markaziy Osiyo davlatlari ham bu koridor oçilişi tarafdori.
— Sanksiyalar, geosiyosiy vaziyat fonida Özbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalar qanday balanslaştirilyapti?
Rahmatullo Xörmoliy: — Sönggi yillarda mamlakatimiz yuqori mansabdor şaxslari, xususan, ikki davlat prezidentlari, ikki davlatning boşqa rasmiylari, jumladan, ikki davlat parlamentlari şarafli spikerlari, taşqi işlar, transport vazirlarining köp va özaro taşriflari amalga oşirildi va ilm-fan va texnologiya va bilimga asoslangan iqtisodiyot böyiça vitse-prezidenti, qöşma hamkorlik komissiyasi mas’ul vazirlari Ikki mamlakat iqtisodiyoti bölib ötdi, bularning barçasi ikki davlat örtasidagi siyosiy va iqtisodiy munosabatlar yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.
Ikki davlat oliy mansabdor şaxslari uçun juda muhim masala – iqtisodiy va savdo hamkorlikni rivojlantiriş bölib, Eron tomoni öz bilim va tajribasini döst Özbekistonga ötkazişga töliq tayyor va şu örinda men hajmini eslatib ötmoqçiman. 2023 yilda ikki davlat örtasidagi tijorat almaşinuvi.
Eron va Özbekiston örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 15 foizga ösib, 504 million dollarga yetdi, lekin Eronning örni Özbekistonning savdo hamkorlari orasida 18-örinda va Özbekiston Statistika markazi hisobotiga köra, Özbekistonning taşqi savdo hajmi 2023 yilda qariyb 60 milliard dollarni taşkil etadi, Eron savdosining Özbekiston umumiy savatidagi uluşi esa qariyb 1 foizni taşkil etadi, bu esa ikki davlat prezidentlarining 2025 yilga borib birjalar uluşini bir milliard dollarga yetkaziş haqidagi ta’kidlaridan uzoqdir.
Şu bois ikki davlat hukumatida özaro manfaatli manfaatlar va milliy manfaatlarni hurmat qilgan holda iqtisodiy va tijorat aloqalarini mustahkamlaş ustuvor tamoyil hisoblanadi. Eron va Özbekiston iqtisodiyoti bir-birini töldirişi mumkinligiga işonaman.
Ötgan haftada Belarus prezidenti Özbekistonga taşrif buyurdi. Kördimki, ular tomonidan köp xayrli işlar qilingan, yaxşi kelişuvlar tuzilgan. Bu mamlakatlar bilan hozir bir qator Yevropa davlatlari mulohazalarga ega va u juda yaxşi işlamoqda. Belarusdan importingiz taxminan 500 million dollarni taşkil qiladi. Erondan import esa bundan kamroq.
Özbekiston ham Eron manfaatlarini hisobga oladi. Siz aytgan sanksiyalarga qaramay, munosabatlarni mustahkamlaş va rivojlantirişga tayyormiz. Eron va Özbekistonning ikki xalqi va hukumatlariga muvaffaqiyat va farovonlik tilayman.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.










