Aholi va tadbirkorlarning valuta kursi o‘zgarishidan xavotirlari pasaygan
Valuta kursi o‘zgarishidan xavotirlanayotgan respondentlar ulushining kamayishi fonida umumiy inflyatsion kutilmalar pasaygan. O‘z navbatida tadbirkorlarning ham, aholining ham yoqilg‘i va energiya narxlarining qimmatlashishidan xavotirlari oshgan.

Foto: Kun.uz
Markaziy bank yanvar oyi uchun aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, aholining inflatsiya bo‘yicha yillik kutilmalari 0,5 foiz bandga pasayib, 13,1 foizni tashkil qilgan.
Aholi kelgusida narxlar oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:
- valuta kursi o‘zgarishi (55 foiz);
- yoqilg‘i va energiya narxlarining qimmatlashishi (49 foiz);
- kommunal xizmatlarning qimmatlashishi (39 foiz).
- ish haqi va nafaqalarning oshishi (32 foiz);
Yanvar oyida valuta kursidagi o‘zgarishlarning narxlar oshishiga ta’sirini qayd etgan respondentlarning ulushi kamaygan bo‘lsa, yoqilg‘i hamda energiya narxidagi o‘zgarishlarni va kommunal xizmatlar qimmatlashishini asosiy omil sifatida ko‘rsatganlar ulushi sezilarli ko‘paydi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari
Yanvar oyi yakunlari bo‘yicha kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishiga oid respondent tadbirkorlik sub’yektlarining kutilmalari 12,7 foizni tashkil qilib, o‘tgan oyga nisbatan 1 foizga kamaygan.
Biznes vakillari narxlar oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:
- valuta kursining o‘zgarishi (59 foiz);
- yoqilg‘i va energiya resurslarining qimmatlashishi (43 foiz);
- kommunal xizmatlarning qimmatlashishi (35 foiz);
- ish haqi va nafaqalarning oshishi (28 foiz).
Xomashyo narxlari va transport xarajatlarining qimmatlashishini narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omil sifatida qayd etgan tadbirkorlar ulushi oshgan bo‘lsa, ish haqi va nafaqalar oshirilishi hamda valuta kursi o‘zgarishini inflatsiyaga asosiy sabab bo‘ladi deb belgilaganlar salmog‘i kamaygan.
So‘rovnomada qatnashganlar orasida eng yuqori inflyatsion kutilma pensionerlar (15,2 foiz) va ishlab chiqarish (15,1 foiz) sohasida ishlovchilarda kuzatilgan. Eng past kutilmani savdo sohasida faoliyat yurituvchilar belgilagan. Tadbirkorlik sub’yektlari orasida eng pessimistik kutilma madaniyat (13,9) sohasiga, eng optimistik kutilma esa hunarmandchilik (11,1) sohasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (14,9 foiz) va Samarqand viloyatida (14,7 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston (11,2 foiz) va Andijonda (10,4 foiz) qayd etilgan. O‘z navbatida tadbirkorlarning kutilmalari Samarqand (17,1) va Toshkent (14,7 foiz) viloyatlarida baland, Xorazm (10,6 foiz) va Buxoro (10 foiz) viloyatlarida esa eng past bo‘lgan.
Daromadlari 4 mln va undan yuqori bo‘lgan aholining inflyatsion kutilmalari respublika bo‘yicha o‘rtacha darajadan yuqori shakllangan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 forvard
Sport | 15:30
-
Chustda yordamchisini kaltaklagan sud raisi jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 14:56
-
“Yetim qolgan nevaralarim ko‘ziga qaray olmayapman” - Popda oyog‘i sinishi bilan operatsiya qilingan bemor vafot etdi
Jamiyat | 14:46
-
Osiyodagi eng chuqur g‘or joylashgan qishloq – Dehibolo | Manzil
O‘zbekiston | 14:38
Mavzuga oid

22:55 / 22.03.2025
Tezlikni oshirishga ruxsat, Temu'ga taqiq va eksportga bojlar - hafta dayjesti

12:22 / 20.03.2025
Markaziy bank asosiy stavkani oshirdi

13:42 / 12.03.2025
O‘zbekistonga taglik importi sezilarli qisqardi

11:55 / 04.03.2025