Toşkentdagi Amiti Universiteti talabasi Barselonada ötadigan 2024 Butunjahon Mobil Kongressida iştirok etadi. Seeds for the Future 2023 ta’lim loyihasi qatnaşçisi bölgan Umid Abduhakimov Huawei kompaniyasi tomonidan dunyoning turli mamlakatlaridan taşrif buyurgan talabalar uçun kongress kunlarida taşkil etilgan MWC Seeds Tour tur iştirokçilari safiga qöşildi.

(Umid Abduhakimov MWC 2024’da)

2024 yil 26 fevral kuni Barselonada aloqa sohasidagi eng yirik tadbir – GSMA Assotsiatsiyasi Butunjahon Mobil Kongressi (MWC) boşlandi. MWC’ning birinçi kunida Huawei kompaniyasi tomonidan ötkazilgan “Talent Summit: Nurturing excellence in a digital world” sammiti ITU va YuNESKO kabi xalqaro taşkilotlar, davlat sektori hamda ta’lim muassasalari vakillari uçun iqtidorlarni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş böyiça birgalikdagi sa’y-harakatlarni muhokama etiş uçun öziga xos maydonga aylandi. Tadbirda şuningdek Seeds Tour ta’lim turi iştirokçilari – 24 mamlakatdan kelgan 38 nafar talaba ham qatnaşdi.

Sammit qatnaşçilari bu yilgi MWC’ning asosiy mavzulariga rioya etgan holda, AKT sohasida iqtidor egalarining raqamli inklyuzivlik va sohaning barqaror taraqqiyotiga naqadar hissa qöşayotganini muhokama qildilar, yoş avlodning kreativ innovatsiyalari va yetakçilik könikmalari, ayollarning texnologiyalar sohasida erişgan ulkan yutuqlari va muvaffaqiyatli loyihalari, şuningdek Huawei kompaniyasi va kompaniya hamkorlari ta’lim dasturlarini amalga oşiriş borasidagi tajribasi bilan tanişdilar. Sammitda Huawei kompaniyasi 2024 yilda iqtidor egalarini qöllab-quvvatlaş böyiça bir qator ta’lim taşabbuslarini işga tuşirişini ma’lum qildi.

“Huawei butun dunyo böylab raqamli texnologiyalar böyiça iqtidor egalarini rivojlantiriş bilan ançadan beri şuğullanadi. Men hamkorlar bilan birgalikdagi loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oşayotganidan juda mamnunman. Umid qilamanki, öz dasturlarimizga yanada köproq insonlarni qamrab olişga erişamiz. Bir-birimizni qöllab-quvvatlaş va aloqalarni mustahkamlaş orqali biz yaxlit, butun bir kuçga aylanamiz va inklyuziv raqamli kelajakni şakllantiramiz”, - deya ta’kidladi Viki Çjan öz nutqida.

(Viki Çjan va Namibiyadan Tech4Good tanlovining Oltin mukofoti ğoliblari)

Huawei kompaniyasi özining global ta’lim taşabbusi Seeds for the Future 2.0’ni Özbekistonda amalga oşirar ekan, mahalliy iqtidor egalari uçun AKT sohasida öz salohiyatlarini namoyon etiş, ilğor texnologiyalarni örganiş, xalqaro tadbirda iştirok etiş kabi imkoniyatlarni yaratmoqda. Toşkentdagi Amiti Universiteti talabasi va Seeds for the Future 2023 qatnaşçisi Umid Abduhakimov kongress kunlari talabalar uçun Huawei tomonidan taşkil etilgan MWC Seeds Tour’ga taklif etildi. Sammitda iştirok etiş bilan bir qatorda talabalar MWC körgazmasi va Huawei stendi orqali ilğor texnologiyalar bilan tanişadilar va şuningdek, Barselonaning diqqatga sazovor joylarini tomoşa qiladilar. Bu özbekistonlik talabalar qatnaşayotgan ikkinçi Seeds Tour. 2023 yil dekabr oyida Tech4Good global tanlovining sakkiz nafar sovrindori COP-28 tadbirlari doirasida BAAning Dubay şahrida bölgan edilar.

“IT yönalişi talabasi sifatida men uçun bu tadbir ilğor texnologiyalar bilan yaqindan tanişişga ajoyib imkoniyat. Barselonaga sayohat va MWC kabi nufuzli tadbirda iştirok etiş meni yangi texnologiyalarni örganiş va IT-mutaxassis sifatida rivojanişga ilhomlantiradi. Men Huawei kompaniyasidan taqdim etilgan imkoniyatlar va unutilmas tajriba uçun çeksiz minnatdorman”, - dedi Umid.

“Iqtidorlarni rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş Huawei kompaniyasining Özbekistondagi faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biridir. Biz yoşlar uçun texnologiyalarni örganiş va AKT sohasining turli iştirokçilari bilan MWC kabi dunyo miqyosidagi muloqot maydonlarida tajriba almaşiş imkonini yaratayotganimizdan mamnunmiz. Talabalarimizning Seeds for the Future 2023 loyihasidagi yutuqlarini hisobga olsak, ötgan yil yoşlarning tadqiqotçilik va ijodiy salohiyatini, yetakçilik qobiliyatini, şuningdek ijtimoiy va iqlimiy masalalarga raqamli texnologiyalar yordamida yeçim topişga bölgan intilişlarini kaşf etiş nuqtai nazaridan omadli böldi. Biz mahalliy iqtidorlar uçun yanada köproq imkoniyatlar yaratiş uçun mamlakatdagi OTMlar va davlat sektori bilan hamkorlikni davom ettiramiz”, - deya ta’kidladi Huawei kompaniyasining jamoatçilik bilan aloqalar böyiça Özbekistondagi menedjyeri Aleksandra Nabiyeva.

Barselonadagi 2024 Butunjahon Mobil Kongressi 26–29 fevral kunlari bölib ötadi. Huawei kompaniyasi öz yeçimlarini Fira Gran Via körgazmalar majmuasining birinçi pavilonidagi 1H50 stendda namoyiş etadi va şuningdek, Özbekistondan taşrif buyurgan davlat idoralari, aloqa operatorlari va ekotizim böyiça şeriklarining vakillarini ham qabul qiladi.

Reklama huquqi asosida