Farğonada Damas haydovçisi YPX xodimining ratsiyasini olib, ketib qolgani haqida xabar berilgandi. Farğona viloyati IIBning ma’lum qilişiça, uşbu şaxsga nisbatan qonuniy çora körilgan.
IIB xabariga köra, fuqaro jamoat joyida haqoratli sözlar bilan sökinib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyiştaligini buzgan. Şuningdek, içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmagan hamda IIO xodimiga tegişli maxsus vositani olib, ketib qolgan.
Holat böyiça töplangan hujjatlar asosida iş jinoyat işlari böyiça Farğona şahar sudida körib çiqilib, haydovçiga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi qöllangan.












