UzAuto Motors özining eng xaridorgir ikki avtomobili – Chevrolet Damas va Cobalt avtomobillari borasida kutilayotgan yangiliklar haqida ma’lum qildi.

Damas

Xabar qilinişiça, taşkil qilinayotgan işlab çiqariş quvvatlarida Damas minivenlari yangi versiyasini işlab çiqariş yölga qöyiladi.

Yangi versiyada avtomobil ölçamlari kattalaşgan, yuk kötariş qobiliyati va siğimi oşgan.

“Şuningdek, haydovçi va yölovçilar uçun qulaylik sezilarli darajada yaxşilangan”, deyiladi press-relizda.

Yangi modelning yölovçi versiyasi Damas Move deb nomlanadi. Yuk-yölovçi versiyasiga esa Damas Max deb nom berilgan.

Yangi model eskisi bilan bir vaqtda işlab çiqariladi va xaridorlarda tanlov imkoniyati böladi.

Cobalt

Foto: UzAuto Motors

Chevrolet Cobalt avtomobilining ham hozirda mavjud komlektatsiyalariga qöşimça ravişda, ikkita yangi Cobalt Style MCM va Cobalt Midnight MCM versiyalari taqdim etiladi.

Bu versiyalardagi yangiliklar quyidagilardan iborat böladi:

  • avtomobil dvigateli yangilangan;
  • ABS tizimi takomillaştirilgan;
  • dvigatel va uning tizimlarini boşqaruvçi yangi blok örnatilgan;
  • xavfsizlik yostiqçalari va himoya funksiyalari uçun zamonaviy boşqaruv bloklari va yangi avlod diagnostika moduli joriy etilgan;
  • Android Auto va Apple CarPlay'ni qöllab-quvvatlaydigan sensorli multimedia tizimi;
  • kruiz-kontrol tizimi;
  • eko-çarmdan qilingan örindiqlar;
  • old örindiqlarning isitiş funksiyasi;
  • asboblar paneli yangilangan;
  • multimedia va kruiz-kontrolni boşqariş tugmalari bilan jihozlangan rul;