5 aprel kuni BMT Inson huquqlari böyiça kengaşi Falastinning Ğazo bölğasida sodir etgan ehtimoliy harbiy jinoyatlari uçun javobgarlikka tortişga çorlovçi rezolyutsiya qabul qildi. Bu haqda Reuters yozmoqda.

Hujjatni qöllab 28 davlat ovoz bergan. 13 davlat ovoz berişda iştirok etmagan. AQŞ, Germaniya va yana 4 davlat qarşi ovoz bergan. Rezolyutsiyada «jazosizlikka çek qöyiş maqsadida inson huquqlari va xalqaro gumanitar huquqlarni çeklaganlik uçun jazo muqarrarligini ta’minlaş zarurligi» aytilgan.

Matnda Isroilning bosib olingan Falastin yerlarida amalga oşirgan ehtimoliy harbiy jinoyatlari haqida ham söz boradi. Sky News'ning yozişiça, BMT kengaşi rezolyutsiyasida davlatlar Isroilga qurol sotmaslik va yetkazib bermaslikka çaqirilgan.