Ikki yuqori martabali isroillik ofitser şu hafta boşida Falastinning Dayr al-Balah hududida World Central Kitchen (WCK) xayriya taşkilotining 7 nafar xodimi ölimiga olib kelgan bir qator «jiddiy xatolar» uçun lavozimidan çetlatildi va yana 3 nafariga hayfsan berildi. Bu haqda Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) ma’lum qildi.
«Tergov natijalari şuni körsatdiki, voqea sodir bölmasligi kerak edi. Zarbani ma’qullaganlar nişonlar WCK xodimlari emas, balki qurollangan HAMAS jangarilari ekaniga işonç hosil qilgan. Gumanitar transport vositalariga zarba beriş - bu notöğri identifikatsiya, zarba beriş haqida notöğri qaror qabul qiliş oqibatidir, bu jiddiy xato», deyiladi xabarda.
Tergov natijasida TsAHAL boş ştabi boşliği Gersi Halevi öt öçiriş brigadasi komandiri va brigada boşliğini egallab turgan lavozimidan ozod etişga qaror qilgan. Bundan taşqari, brigada komandiriga, 162-diviziya komandiriga, şuningdek, janubiy qömondonlik komandiriga rasman hayfsan berilgan.
2 aprel kuni TsAHAL zarbasi oqibatida WCK gumanitar taşkilotining 7 nafar xodimi (Falastin, Avstraliya, Britaniya, Polşa fuqarolari hamda Kanada va AQŞ fuqaroligiga ega bölgan köngillilar) halok bölgani haqida xabar berilgan edi. Ular avtomobillarda 100 tonna insonparvarlik yordamini tarqatiş uçun jönab ketayotgan edi. Şundan söng, bir qator xorijiy yuqori martabali siyosatçilar Isroilga öz noroziliklarini bildirişdi.
Boş vazir Binyamin Netanyahu, öz navbatida, Isroil «bunday holat heç qaçon takrorlanmasligiga» işonç hosil qiliş uçun hamma narsani qilişini aytdi. «Bu uruş paytida sodir böladigan hodisa», dedi siyosatçi.
WCK Isroilning Ğazo sektoridagi köngillilarga qarşi zarbasini tekşiriş uçun mustaqil komissiya tuzişni talab qildi. «Biz hamkasblarimiz ölimini tergov qiliş uçun mustaqil komissiya tuzişni talab qilamiz. TsAHAL Ğazodagi öz xatosi böyiça işonçli tekşiruv ötkaza olmaydi», deyiladi WCK saytida çop etilgan bayonotda.













