«Öylaymanki, u qilayotgan iş — xato. Men uning yondaşuviga qöşilmayman», — degan Bayden Amerikaning ispan tilli kanali Univision uçun intervyusida.

«Men isroilliklarni öt oçişni töxtatişga va keyingi olti-sakkiz hafta mobaynida mamlakatga barça oziq-ovqat va dori-darmonlar olib kirilişiga yöl qöyişga çaqiraman», — deya davom etgan prezident.

Ötgan haftada Bayden AQŞ uruşda bundan keyin ham qöllovni davom ettirişi Isroil köproq oziq-ovqat va dori-darmon ötkazişiga boğliq ekanidan ogohlantirgandi.

Prezident şuningdek HAMAS tanaffusga rozilik berişi hamda garovda qolganlarni ozod etişi kerakligini aytgandi.

Isroil Ğazoga yordam olib kirilişiga yoki uning taqsimlanişiga tösqinlik qilayotganini rad etib, BMT agentligini layoqatsizlikda ayblaydi.

Yakşanba kuni isroillik harbiylar tört oylik janglardan keyin Ğazo janubidagi Xon Yunus şahridagi faol amaliyotlarda iştirok etgan quruqlik qöşinlari olib ketilişini ma’lum qilgandi. U yerda faqat sektorni ikkiga ajratib turuvçi yölakni qöriqlaş uçun bitta brigada qoldirilgan.

Isroil yaqin vaqtlar içida Misr bilan çegara yaqinidagi Rafah şahriga yuriş boşlaşni rejalaştirayotgandi, sektorda uruş boşlangaç şimol va markaziy hududlardan kelgan milliondan ortiq falastinlik şu yerdan boşpana topgan. Hozirça qöşinlar Xon Yunusdan olib çiqilişi bu rejaga qançalik ta’sir körsatişi ma’lum emas.

AQŞda Ğazodagi uruşni töxtatiş töğrisidagi çaqiriqlar, ayniqsa Demokratik partiya siyosatçilari va saylovçilarining salmoqli qismi tomonidan tobora balandroq ovozlarda yangramoqda, bu esa Baydenning noyabr oyidagi saylovlaridagi elektoral koalitsiyasi birdamligiga raxna solmoqda.

Sönggi haftalarda prezident Netanyahuga nisbatan ritorikasini keskinlaştirgan, ammo AQŞning Isroilga harbiy yordami töxtovsiz davom etmoqda.

Muzokaralar muvaffaqiyat keltiradimi?

Isroil va HAMASning vositaçilar orqali muzokaralari bir neça haftadan buyon davom etmoqda, ammo tomonlar kelişuvga erişa olmagan. Muzokaralarning bu safar Qohirada ötkazilgan navbatdagi bosqiçida MRB direktori va tajribali diplomat Uilyam Byorns ham hozir böldi.

HAMAS öt oçişni butunlay töxtatiş, Isroil qöşinlarini töliq olib ketiş va uylarini tark etgan falastinliklarni sektorning şimoliy qismiga çeklovlarsiz qaytariş böyiça dastlabki talablariga sodiq qolmoqda.

Binyamin Netanyahu Isroil kuraşni HAMAS butkul yakson etilib, ular tomonidan uşlab turilgan isroilliklar ozod etilmaguniça kuraşni davom ettirişini aytgan.

«Amerikaliklar Isroilga, şuningdek HAMASga sözi ötişi mumkin bölgan Misr va Qatarga katta bosim ötkazmoqda. Bu körinib turibdi», — deydi 2011 yil isroillik askar Gilad Şalit ozod etilişi böyiça HAMAS bilan ötkazilgan muzokaralarda yordam bergan Gerşon Baskin. — Muzokaralarda barça tomonlarning oliy darajadagi iştirokini talab etuvçi MRB rahbari kelişi Amerikaning bosimi kuçayganidan dalolatdir».

Ammo bu muzokaralar tez orada maqsadga erişişini anglatmaydi.

Isroil rasmiy şaxslari ayrim yon berişlarga tayyorligini ma’lum qilmoqda: hafta boşida Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant hozir sulh uçun eng töğri vaqt ekanini aytgandi.

Avvalroq Isroil Ğazo sektorining janubiy qismidan deyarli barça kuçlarini olib çiqqanini e’lon qilgandi – ammo bu uruş yakunlanganini anglatmaydi
Foto: REUTERS

Erişiladigan har qanday kelişuvga köra HAMAS qölida bölgan garovdagilarning bir qismini Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarga almaştirişni öz içiga olişi kutilmoqda. Noyabr oyidagi oldingi sulh ham şunday şart böyiça amalga oşirilgandi, öşanda bu kelişuv harbiy harakatlar vaqtinça töxtatilişiga sabab bölgandi. Isroil hukumati ma’lumotlariga köra, Ğazoda 133 kişi asirlikda qolmoqda. Garovdagilardan kamida 30 nafari halok bölgani tasdiqlangan.

AQŞning sönggi taklifiga köra, olti haftalik sulhning dastlabki bosqiçida HAMAS garovdagilarning 40 nafarini, birinçi navbatda ayollar, jumladan harbiy ayollar, şuningdek 50 yoşdan katta erkaklar hamda oğir kasallarni ozod etişi kerak.

Keyin Isroil kamida 700 nafar falastinlikni, jumladan isroilliklarni öldirgani uçun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 100 kişini qöyib yuborişi kerak. Ehtimoliy kelişuvning bu qismi Isroilda turliça reaksiyaga sabab bölmoqda.

Ammo HAMAS muzokaraçilarga öz qölidagilar orasida yuqorida sanalgan toifalarga mos keladigan 40 kişi yöqligini bildirgan. Bu esa halok bölgan asirlar soni aytilayotganidan köproqligi yoki ularning bir qismi boşqa guruhlar, masalan «Islom jihodi» qölida bölişi mumkinligi borasidagi xavotirlarni kuçaytirmoqda.

Netanyahuning Isroilning özida manyovr qiliş imkoniyatlari jamoatçilik va siyosatçilar bosimi tufayli çeklangan. Garçi isroilliklarning köpçiligi hamon uruşni qöllayotgan bölsa-da, uni garovdagilarni ozod etişga olib keladigan kelişuvga rozi bölişga çaqiriqlar köproq yangramoqda.

Garovdagilarning oila a’zolari keng kölamli norozilik aksiyalari ötkazib, boş vazirni asirlarni qaytarişdan köra siyosiy maqomini saqlab qoliş köproq taşvişlantirayotganini aytişmoqda. Namoyişçilar undan iste’fo talab qilişmoqda.

Netanyahuning hukmron koalitsiyasida kelişmovçilik kuçaymoqda: bu koalitsiyaga ultraöng va ultramillatçi partiyalar ham kiradi, ular esa HAMASga yon berişga qarşi va uruşni davom ettirişga undamoqda.

Öz navbatida, HAMAS sönggi taklifga hozirça rasman javob qaytarmagan, ammo «falastinliklarga qarşi tajovuzga barham beruvçi» kelişuvdan manfaatdor bölsa-da, taklif uning talablariga javob bermasligini bildirgan.

«Isroilning pozitsiyasini qabul qilib bölmaydi», — deyiladi guruh bayonotida.

HAMAS Ğazodagi oğir gumanitar vaziyatga qaramay, vaqt öz foydasiga işlaydi deb hisoblayotgan bölişi mumkin
Foto: EPA

Oq uy bu javobni «dalda bermaydigan javob» deb atagan.

Katta ehtimol bilan, yakuniy qarorni HAMASning Ğazodagi yetakçisi Yahyo Sinvar qabul qiladi, u yerosti tunnellarida yaşiringani va qöriqçilar hamda garovdagilar bilan himoyalangani aytiladi. Ammo u bilan boğlaniş oson emas va bir qança vositaçilar iştirok etişi jarayonni uzaytiradi.

Baskinning sözlariga köra, guruh Isroil qamoqxonalaridan aynan qaysi falastinliklar ozod etilişini mustaqil hal qilişni istamoqda va ular boşqa mamlakatga deportatsiya qilinişiga rozi emas. Bu ham muzokaralarni murakkablaştirişi mumkin.

HAMAS şuningdek doimiy sulh kafolatisiz Isroil garovdagilarning barçasi ozod etilganidan keyin guruhga hujum qilişda davom etadi deb hisoblaydi - Netanyahu uruş boşidayoq guruhni butkul yöq qiliş zarurati haqida gapirgandi.

HAMAS rahbariyati vaqt ularning foydasiga işlamoqda va Isroilga xalqaro bosim yakunda ularni yon berişga majbur qiladi, deb hisoblayotgan bölişi mumkin.

Ğazodagi uruş HAMASning 7 oktyabr kuni Isroilga hujum qilişi va 1200 nafar atrofidagi odam halok bölişidan keyin boşlangandi. HAMAS nazorati ostidagi Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotiga köra, Isroilning anklavga yurişi oqibatida 33 mingdan ortiq falastinlik halok bölgan, şundan köp qismi — tinç aholi vakillaridir.

Huquq faollarining ta’kidlaşiça, Ğazodagi aholi oçlik yoqasida qolmoqda: Oxfam ma’lumotiga köra, yanvar oyidan buyon 300 ming kişi kuniga örtaça 245 kaloriya iste’mol qilmoqda — bu kunlik normaning taxminan öndan bir qismidir.

Isroil öz harbiy kampaniyasi vaqtida genotsidga yöl qöygani töğrisidagi ayblovlarni rad etadi va özini mudofaa qilişga haqli ekanini aytadi.