Isroil Mudofaa kuçlari (TsAHAL) Boş ştabining sobiq moliyaviy maslahatçisi, zaxiradagi brigada generali Ram Aminax sözlariga köra, Eronning 14 aprelga ötar keçasi uyuştirgan hujumini qaytariş mamlakatga taxminan 4-5 milliard şekelga tuşgan ( 1-1,3 milliard dollar). Jumladan, bitta ballistik raketani yöq qiliş taxminan 3,5 million dollarga baholanmoqda. 

«Arrow» tizimi tomonidan urib tuşirilişi kerak bölgan ballistik raketalar, boşqa raketalar tomonidan urib tuşirilişi kerak bölgan qanotli raketalar va biz asosan samolyotlar bilan urib tuşiriladigan dronlar haqida gapiradigan bölsak, bu har bir ballistik raketa uçun 3,5 million dollarni, qanotli raketa uçun 1 million dollarni taşkil qiladi. Samolyotlar uçun ham qöşimça xarajatlar bor. Hammasi bölib taxminan 4-5 milliard şekel (1,3 milliard dollar)», dedi Ram Aminax. 

Isroil Mudofaa kuçlari matbuot kotibi Daniel Hagariy sözlariga köra, Eron Isroilga 170 ta dron, 30 ta qanotli raketa va 120 dan ortiq ballistik raketa uçirgan. Isroil havo hujumidan mudofaa tizimi nişonlarning 99 foizini urib tuşirgan.