Falastinning Ğazo sektori ma’muriyati Xon Yunisdagi «Nosir» tibbiyot majmuasida 392 jasad kömilgan qabrlar topilganini ma’lum qildi. Bu haqda The Insider yozdi. 

Falastin tomonining ta’kidlaşiça, bular isroillik harbiylar tomonidan qatl etilgan va kömilganlarning jasadi va bu «Isroil genotsididan dalolat beradi». 

Öz navbatida Isroil Mudofaa armiyasining da’vo qilişiça, jasadlarni falastinliklarning özi kömgan, hozir esa ular qazib olinmoqda. Isroil yanvar-fevral oylarida tarqalgan videolarga işora qilgan, ularda xuddi şu joyda ommaviy qabr qazilayotgani tasvirlangan. 

Falastin fuqarolik mudofaasi vakili Muhammad al-Miğayir 165 jasadning şaxsi aniqlangani va qöşimça 227 jasad ekspertizadan ötkazilayotganini aytdi. 

«Biz uçta ommaviy qabrni topdik: birinçisi ölikxona oldida, ikkinçisi ölikxona orqasida va uçinçisi dializ binosining şimolida», dedi u. 

Al-Miğayir qabrlardan bolalar jasadi topilganini ham da’vo qilmoqda. Şuningdek, «kamida 20 nafar tinç aholi tiriklayin kömilgan» deb gumon qilmoqda, lekin ular buni qayerdan bilişini aytmagan yoki dalil keltirmagan. 

Al-Miğayirning ma’lum qilişiça, şifoxonada davolanayotgan bemorlarni öldiriş holatlari bölgan. BMTning inson huquqlari böyiça boşqarmasi ayrim odamlar yeçintirilgani va ularning qöllari boğliq bölganini qöşimça qilgan. 

Al-Miğayir sözlariga köra, boşida öq jarohatlari bilan bir neça jasad topilgan. Hodisani örganayotgan CNN muxbiri uşbu da’volarni tekşiriş va ölim sabablarini tasdiqlaşning iloji yöqligini va bu odamlarning ölimiga mas’ul bölganlar haqida xulosa çiqara olmasligini ta’kidlagan. Muxbirning xabar berişiça, u tibbiyot xalati kiydirilgan bir neçta çirigan jasadlarni körgan. 

Isroil Mudofaa armiyasi (TsAHAL) öz harbiylari falastinliklarning jasadini ommaviy qabrga kömgani haqidagi har qanday taxmin yolğon ekanini va «Nosir» majmuasidagi qabr bir neça oy oldin, Isroil qöşinlari sektorga kirişidan oldin falastinliklar tomonidan qazilganini ta’kidladi. 

Bu haqda TsAHAL rasmiy vakili Nadav Şoşani bayonot berdi. U, şuningdek, 28 yanvar kuni falastinliklar uzun çuqur qazayotgani aks etgan va X ijtimoiy tarmoğida joylaştirilgan videoga işora qildi. Unda: «Xon-Yunisdagi «Nosir» tibbiyot majmuasi hududidagi yangi ommaviy qabrga öttiz nafar şahid dafn qilindi», deyiladi. 

«Xon Yunisdagi ommaviy qabr haqida notöğri ma’lumotlar tarqalmoqda. Bu qabr bir neça oy oldin ğazoliklar tomonidan qazilgan. Bu faktni quyidagi videoda körinib turganidek, dafn paytida ğazoliklar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga yuklangan videolar tasdiqlaydi. Isroilni tinç aholini ommaviy qabrlarga dafn etişda ayblaşga bölgan har qanday uriniş mutlaqo yolğondir va Isroilga qarşi dezinformatsiya kampaniyasining oddiy namunasidir», deb yozdi Şoşani. 

GeoConfirmed loyihasi falastinliklar jasadlarni qazib olayotgan yangi videoni 2024 yil yanvar va fevral oylaridagi eski videolar bilan taqqosladi. Bu xuddi şu joy ekani ma’lum böldi. 

Şoşani izohiga javoban, Ğazo fuqarolik mudofaasi TsAHAL operatsiyasidan oldin «Nosir» şifoxonasidagi qabrlarga 100 ga yaqin jasad kömilganini tan oldi, deb yozdi CNN. 

TsAHAL şuningdek, CNN telekanaliga Isroil harbiylari qabrlarni haqiqatda körganini ma’lum qildi. 

«TsAHAL harbiylarining «Nosir» şifoxonasi hududidagi operatsiyasi davomida garovga olinganlar va bedarak yöqolganlarni topiş böyiça sa’y-harakatlar doirasida falastinliklar tomonidan kömilgan jasadlar közdan keçirildi. Ekspertiza faqat razvedka tomonidan körsatilgan joylarda ötkazildi. Jasadlar isroillik garovga olinganlarniki emasligi aniqlangaç, ular joylariga qaytarildi», deyiladi xabarda.