Vaşington XJS tomonidan Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va Isroilning boşqa yuqori martabali amaldorlarini hibsga olişga order berilişi mumkinligi haqidagi savolga biroz tuşunarsiz javob qaytardi. Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per 29 aprel, duşanba kuni AQŞ tergovni qöllab-quvvatlamasligini, şuningdek, Haagadagi Xalqaro jinoiy sud bunday yurisdiksiyaga ega emasligiga işonçi komil ekanligini aytdi. U bu savolga batafsil javob bermadi.

Oldinroq Isroil OAV Netanyahu XJS uni, şuningdek, Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant va boş ştab boşliği Gersi Halevini hibsga oliş uçun order berişidan xavotirda ekanini xabar qilgan edi. Haagadagi Xalqaro jinoiy sud 2021 yildan buyon Ğazo sektorida harbiy jinoyatlar sodir etganlik ehtimoli böyiça HAMAS va Isroilga qarşi tergov ötkazmoqda. Şuningdek, Ğarbiy sohilda isroillik köçmançilar tomonidan sodir etilgan zöravonlik harakatlari böyiça suriştiruv olib borilmoqda. 

XJS yurisdiksiyasini qabul qilgan davlatlar order berilgan şaxslar uşbu mamlakatlar hududida bölsa, ularni hibsga olişi va Haagaga topşirişi şart. AQŞ kabi Isroil ham Xalqaro jinoiy sudning yurisdiksiyasini tan olmaydi. 

AQŞ Isroil harbiylarini Ğarbiy sohilda inson huquqlarini buzganlikda aybladi 

Şu bilan birga, AQŞ hukumati Isroil armiyasining bir neçta bölinmalarini Ğarbiy sohilda «inson huquqlarini jiddiy buzganlikda» aybladi. Davlat departamentining ta’kidlaşiça, tergov natijalariga köra, beş armiya bölinmasi falastinliklarga qarşi bu qoidabuzarliklarni sodir etgan. 

Inson huquqlarining poymol etilişiga oid bu «sanoqli hodisalar» 7 oktyabr kuni HAMASning Isroilga hujumidan oldin sodir bölgan, dedi vazirlik matbuot kotibi örinbosari Vedant Patel. Uning ta’kidlaşiça, törtta bölinma allaqaçon AQŞ sanksiyalaridan qoçiş uçun «tuzatiş çoralarini» körgan, Isroil hukumati bilan beşinçi bölinma böyiça esa muzokaralar davom etmoqda.