Toşkent Kimyo xalqaro universiteti hamkor kompaniyalar iştirokida bitiruvçi talabalar uçun böş iş örinlari körgazmasini ötkazdi.
Bugungi raqobatbardoş akademik muhitda Toşkent Kimyo xalqaro universiteti talabalarga nafaqat sifatli ta’lim beriş, balki öz bitiruvçilari eng yaxşi iş beruvçilar tomonidan izlanişini ta’minlaşga harakat qilmoqda. Uşbu missiyaga muvofiq, universitetda an’anaviy tarzda bitiruvçi talabalar uçun keng qamrovli böş iş örinlari yarmarkasi ötkazildi.
Tadbirda iş beruvçi kompaniya va taşkilotlarning taqdimotlari namoyiş etildi va ular bilan bitiruvçilar örtasida muloqot şakllantirildi. Körgazmada iştirok etgan 36dan ortiq iş beruvçi kompaniyalar va 26dan ziyod loyihalar universitet bitiruvçilar bilan yaqindan taniştirildi.
“Toşkent Kimyo xalqaro universitetining bugungi kunda 100dan ortiq hamkor taşkilot kompaniyalari mavjud. Bugun şulardan 30dan ortiği qatnaşyapti. Körgazmaning alohida ahamiyati şundaki, kompaniya vakillari öz közlari bilan talabalarimizning loyihalarini körişlari mumkin”, - dedi universitetning hamkorlikni rivojlantiriş bölimi boşliği Miryoqub Mirzahmedov.
Universitet talabalari tomonidan:
- KIUT IT Fest – “Axborot tizimlari muxandisligi” yönalişi talabalarining loyihalari taqdimoti va saralaş bosqiçi;
- Fashion show – “Liboslar dizayni” yönalişi talabalari tomonidan yaratilgan libos kolleksiyalari namoyişi;
- Beauty aethetics – “Çiroy estetikasi” yönalişi talabalarining kosmetologik mahsulotlari va muolajalari taqdimoti;
- Rassomçilik böyiça master-klass (sopolga çiziş) namoyiş etildi.
Tadbirda “Axborot tizimlari muhandisligi” yönalişi talabalarining iştiroki alohida e’tiborga molik böldi, ular özlarining eng sönggi yangiliklari va işlanmalarini taqdim etdilar. Talabalarning loyihalari - universitetning texnologiya va tadqiqotlarga bölgan e’tiboridan dalolat bermoqda.
Böş iş örinlari yarmarkasi turli ilmiy sohalardagi iş beruvçilar va talabalarning jonli yiğilişiga aylandi. IT, işlab çiqariş, moliya, muhandislik, ta’lim va boşqa köplab yönalişlarda faoliyat yuritayotgan korxona va taşkilotlar talabalarga keng kölamli bandlik imkoniyatlarini taklif qildi.
🗂 Onlayn hujjat topşiriş: https://admission.kiut.uz/
Bakalavriat: admission.kiut.uz
Magistratura: masters.kiut.uz
☎️ +99878 29-40-40 (içki raqam – 1).
Web-page: www.kiut.uz
Telegram: t.me/kiut_official
Facebook: facebook.com/kiut.uz
Instagram: instagram.com/kiut.uz_rasmiy_kanal
Reklama










