Toşkent Kimyo xalqaro universitetining Namangan filialida KIUT şou ötkazildi. Mazkur filial abituriyentlarni bu yilgi qabul jarayonlariga çorlamoqda.

3 may kuni abituriyentlarni kötarinki kayfiyatlarda kutib oliş uçun bayram tadbiri bölib ötdi. Bayramda talabalar örtasida milliy an’analarga e’tibor, taomlar tayyorlaş böyiça musobaqalar va modalar taqdimoti ötkazildi. Universitetning liboslar dizayni yönalişi talabalari tomonidan taqdim etilgan modalar namoyişi yiğilganlarda katta qiziqiş uyğotdi.

Tadbir yakunida qabul imtihonlarida yuqori ballni qölga kiritgan abituriyentlarga grantlar ajratildi.

 “Bugungi tadbirda öz iqtidori bilan körgazmalar taşkil qilayotgan talabalarni kördim. Ta’lim muassasasining eng katta yutuği zamonaviy ta’lim beriş uçun barça şart-şaroitlarning yaratilganligi, interaktiv jihozlar bilan jihozlanganligidir.

Hatto xorijdan kelib öqiyotgan talabalarimiz borligi tahsinga loyiq”, - dedi Namangan viloyati hokimi örinbosari Dinara Yakubova.

Namangan şahrida joylaşgan filialda ta’lim özbek va rus tillarida olib boriladi. Öquv dasturlari xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq taşkil etilgan va talabalar turli ilmiy tadqiqotlarda iştirok etiş imkoniyatiga ega böladilar​.

Abituriyentlar Toşkent Kimyo xalqaro universitetining Namangan filialida kunduzgi, keçki va sirtqi ta’lim şakllarida 37ga yaqin yönalişga hujjat topşirişlari mumkin.

Onlayn hujjat topşiriş: https://admission.kiut.uz/

Bakalavriat: admission.kiut.uz