Litva, Portugaliya va Daniyaning Özbekistonga tayinlangan yangi elçilari taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidovga işonç yorliqlarini topşirdi.
Xususan, Litvaning Özbekistondagi yangi elçisi Egidiyus Navikas 2023-2024-yillarda Özbekistonda diplomatik missiya rahbari sifatida akkreditatsiyadan ötgan elçi Gintautas Vasyulis örniga tayinlandi.
«Litvaning Özbekistondagi yangi elçisi Egidiyus Navikas janoblari bilan uçraşişdan va uning işonç yorliqlarini qabul qilişdan mamnunmiz. Ikki va köp tomonlama şakllardagi hamkorligimizning asosiy ustuvor yönalişlarini muhokama qildik, yaqin istiqboldagi umumiy kun tartibimizni körib çiqdik. Janob Elçiga kengayib borayotgan munosabatlarimizning hali kaşf etilmagan imkoniyatlarini röyobga çiqarişda muvaffaqiyatlar tilaymiz», deb yozdi Saidov.

Şuningdek, Baxtiyor Saidov Portugaliyaning Özbekistonga yangi tayinlangan elçisi Madalena Fişerdan işonç yorliğini qabul qildi.
«Elçi xonimga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyati davomida davlatlarimiz örtasidagi munosabatlarning ulkan salohiyatini röyobga çiqariş va undan samarali foydalanişda muvaffaqiyatlar tilaymiz», deyiladi vazirlik xabarida.


Şu bilan birga, Baxtiyor Saidov Daniyaning Özbekistondagi elçisi Yakob Xenningsenni ham qutladi.
«Uçraşuvimiz davomida ikki tomonlama munosabatlarining hozirgi holatini muhokama qildik va kelgusi hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini belgilab oldik. Janob elçiga aloqalarimizni mustahkamlaşdagi maqsadlariga erişişda muvaffaqiyatlar tilaymiz», deb yozdi Özbekiston taşqi işlar vaziri.






