Nomaʼlum kemiruvçining pastki jağiga tegişli katta oziq tişi va kurak tişi 2004-yildayoq Tailandning janubi-ğarbiy sohilida joylaşgan Krabi viloyatidagi kömir şaxtasidan topilgan. Tişlar ğayrioddiy darajada yirik bölgani uçun tadqiqot guruhi aʼzolaridan biri ularning qadimgi egasini «ulkan kalamuş» deb atagan.

Biroq toşqotmalar topilgan paytda olimlarda hayvonning qaysi turga mansubligini aniqlaş uçun yetarli maʼlumot va texnologiyalar bölmagan. Tailand, Fransiya va Kanada tadqiqotçilari buni yigirma yildan köproq vaqt ötgaçgina uddalagan. Yangi turning tavsifi Scientific Reports jurnalida eʼlon qilingan.

Tişlarning batafsil tahlili hayvon yöqolib ketgan Ischyromyidae oilasiga mansub bölganini körsatgan. Işiromiidlar paleogen davrida, yaʼni taxminan 66–23 million yil avval yaşagan va Şimoliy Amerika, Osiyo, Yevropa hamda, ehtimol, Afrikada keng tarqalgan. Turlarga boy bu oila vakillari hozir siçqonlar, kalamuşlar va yumronqoziqlar kabi kemiruvçilar egallagan quruqlikdagi köplab ekologik nişalarni band qilgan.

Yangi tur ilmiy, jumladan paleontologik tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaşi bilan tanilgan Tailand malikasi Sirindxorn şarafiga Yakamys sirindhornae deb nomlangan.

Yakamys sirindhornae keçki eotsenda, taxminan 38–33 million yil avval yaşagan. Mutaxassislarning baholaşiça, kemiruvçining tana vazni 21,4–47,3 kilogramm oraliğida, örtaça esa taxminan 30 kilogramm bölgan. Bu hozirgi qunduz vazniga yaqin.

Olimlar Yakamys sirindhornae ölçamlari jihatidan ham qunduzga yaqin bölganini taxmin qilgan. Taqqoslaş uçun, hozirgi eng yirik kemiruvçi - kapibaraning vazni 60–65 kilogrammgaça yetişi mumkin. Tadqiqotçilar fikriça, Yakamys sirindhornae ham qunduzlar va kapibaralar singari suvda ham, quruqlikda ham hayot keçirgan.

Bu kemiruvçilarning vazni ilgari tavsiflangan barça işiromiidlarnikidan ança katta bölgan. Şu bois Yakamys sirindhornae paleogen davrining eng yirik kemiruvçisi hisoblanadi. Hozirgaça olimlar dastlabki kemiruvçilar bunday ulkan ölçamlarga yetişi mumkinligini bilmagan.

Yakamys sirindhornae’ning kaşf etilişi Janubi-Şarqiy Osiyoda keçki eotsendayoq nihoyatda yirik kemiruvçilar yaşaganini isbotlagan. Yaʼni ular Janubiy Amerikada neogen davrida (taxminan 23–2,5 million yil avval) kaviomorf kemiruvçilar keng tarqalişidan ança oldin mavjud bölgan. Bu guruhga, jumladan, hozir ham yaşaydigan kapibaralar kiradi.

Yöqolib ketgan kaviomorflar orasida, masalan, ulkan xutiyalar (Heptaxodontidae) ham bölgan. Olimlarning baholaşiça, ularning vazni 200 kilogrammgaça yetişi mumkin edi. Şuningdek, barça davrlarning eng yirik kemiruvçisi - vazni 450–500 kilogramm bölgan Josephoartigasia monesi ham şu guruhga kirgan.