AQŞ prezidenti Jo Bayden Xalqaro jinoyat sudi (XJS) prokurori Karim Xonning Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va mamlakat mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olişga order beriş haqidagi talabini qoraladi. 

«Xalqaro jinoyat sudi prokurorining Isroil yetakçilarini hibsga olişga order beriş haqidagi talabi ğazablanarli. Oçiğini aytsam, prokuror nima demasin, Isroil bilan HAMASni tenglaştirib bölmaydi. Biz doimo Isroil bilan birga bölamiz va uning xavfsizligiga tahdidlarga qarşi turamiz», dedi Bayden Oq uy tomonidan e’lon qilingan bayonotda. 

Öz navbatida, AQŞ Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken Vaşington XJS prokurorining talabini «qat’iy rad etişini», prokuror Isroil bilan HAMASni «tenglaştirganini» aytdi. 

«Biz prokurorning Isroil bilan HAMASni tenglaştirganini rad etamiz. Bu şarmandalik», dedi u. 

Blinkenning ta’kidlaşiça, Yaqin Şarqdagi hozirgi mojarodan ança oldin Qöşma Ştatlar «Xalqaro jinoyat sudining bu masalada yurisdiksiyaga ega emasligini aniq körsatgan». AQŞ Davlat departamenti rahbarining fikriça, prokurorning qarori garovga olinganlarni ozod qiliş va gumanitar yordamni köpaytiriş imkonini beruvçi öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişiş sa’y-harakatlarini ham xavf ostiga qöyişi mumkin. 

20 may kuni XJS prokurori Karim Xon Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu, Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant va HAMAS harakatining uç nafar yetakçisi Yahyo Sinvar, Muhammad Diyf va Ismoil Honiyani hibsga oliş uçun order berişni söradi.

Prokuror bayonotida aytilişiça, Netanyahu va Galant 2023 yil oktyabr oyi boşidan beri Ğazo sektorida sodir etilgan harbiy jinoyatlar uçun javobgardir. Öz navbatida, HAMAS yetakçilari nafaqat Ğazo sektorida, balki Isroilda ham uruş jinoyatlari uçun javobgardir. 

Netanyahu XJS prokurorining sörovini «şarmandalik» deb atadi va «bu meni ham, bizni ham töxtata olmaydi» deb ta’kidladi. HAMAS vakili Abu Zuhriy prokuror talabini «jabrlanuvçini jallodga tenglaştiriş» deb atadi. 

Isroil XJS yurisdiksiyasini tan olmaydi. Falastin XJS a’zosi bölib, 2015 yilda Rim statutini ratifikatsiya qilgan.