HAMAS nazoratidagi Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi raketa zarbasi oqibatida vafot etgan 45 kişining 23 nafari ayollar va bolalar bölgani, yana 249 nafar falastinliklar yaralanganini xabar qilgan. Rafah ğazoliklar jon saqlayotgan bölğadagi oxirgi şahar bölib turgandi. Bu şahar asosan qoçoqlar lagerlari va palatkalardan iborat.
Isroil raketasi qoçoqlar lageri hududiga borib tuşgan. TsAXAL uni qonuniy nişon deb atagan va zarbaga uçragan obekt HAMASga tegişli bölganiga işonç bildirgan. «Zarba xalqaro huquqqa mos tarzda, aniq nişonga uruvçi öq-dori yordamida, kerakli razvedka ma’lumoti asosida amalga oşirilgan. Bu hududdan HAMAS foydalangani aniq», deyiladi TsAXAL bayonotida.

Al Jazeera voqea guvohlariga tayanib yozişiça, kamida sakkizta raketa yakşanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:45 atrofida lager hududiga borib tuşgan. Wafa news axborot agentligi Falastin Qizil yarimoy taşkilotiga asoslanib, qurbonlarning aksari Tal as Sulton hududidagi palatkalarda tiriklayin yonib ketganini yozgan.
HAMASning 4 oy içidagi ilk hujumidan keyin
Bu zarbadan avval HAMAS oxirgi tört oyda ilk marta Isroil tomon raketa zarbasi yöllagandi. Kamida sakkizta raketa aynan Rafahdan turib Isroil poytaxti Tel-Aviv tomon otilgan. Isroil naşrlarida xiyobonlardan birida raketa parçasi köringani aks etgan videolar tarqaldi. Yana bir kadrda Kfar-Saba şahri markazida raketa zarbasi oqibatida paydo böladigan voronkasimon çuqur körinadi.

HAMASning Qassam brigadasi öz kanallarida «Tel-Aviv tomon yirik raketa zarbasi uyuştirilgani» haqida xabar bergan. Kadrlarda raketalar şaharning şarqiy qismidagi çegara punktiga yaqin joydan uçirilgani köringan. Bu punktni Isroil 18 kundan buyon nazorat qilayotgandi.
TsAXAL özi nazorat qilayotgan bu hududda HAMAS vakillari deyarli qolmagani haqida ma’lum qilgandi. Tahlilçilar 4 oylik töxtalişdan keyin HAMAS Tel-Avivga zarba yöllagani Isroil tomoni bayonotlariga nisbatan işonçsizlik uyğotadi deb hisoblamoqda. Ularning fikriça, HAMAS tunnellar tarmoğining bir qismi hamon saqlanib qolgan va Isroil tomoni ma’lum qilganidan yöq qilinmagan.
«Uruşga aloqador bölmaganlar ölgan bölsa, TsAXAL puşaymon böladi»
Isroil harbiy prokurori Tomer Iyeruşalmi Rafahga amalga oşirilgan bu raketa zarbalari jiddiy örganilayotgani aytdi. Prokurorga köra, zarba oqibatida uruşga aloqador bölmagan odamlar jabrlangani aniqlansa, TsAXAL qattiq puşaymon böladi. Öz navbatida TsAXAL ham raketa zarbasi oqibatida tinç aholi vakillari yonib ketgani haqidagi xabarlardan boxabar ekani, holat örganilayotganini ma’lum qilgan.

Jabrlanganlardan biri davolaniş uçun Kuvayt homiylik qilayotgan kasalxonaga olib borilgan. U jurnalistlar bilan suhbatda palatkalar va odamlar yonib ketayotganini körganini aytgan. Uning sözlarini Al Jazeera keltirgan.
«Ğazoda xavfsiz joy qolmadi»
Fransiya prezidenti Makron birinçilardan bölib Isroilning Rafahga hujumini qoralab çiqdi: «Rafahda köplab odamlar ölimiga sabab bölgan Isroil hujumidan ğazabdaman. Bu operatsiya töxtaşi kerak, Ğazoda tinç aholi uçun xavfsiz joyning özi qolmadi. Öt öçişni töxtatiş va xalqaro huquqqa amal qilişga çaqiraman», dedi Fransiya yetakçisi.

Şu örinda Makron uruş boşlanganidan buyon Isroilning harakatlarini tanqid qilib kelişini ham ta’kidlaş kerak.
Qatar taşqi işlar vazirligi Rafahga hujumni keskin qoralab, bu hujum sabab Qatar, AQŞ va Misr bir neça oydan buyon olib borayotgan tinçlik muzokaralari çippakka çiqişi mumkinligidan xavotir bildirdi.
Ispaniya taşqi işlar vaziri Xose Manuel Albares Rafahga hujumni Falastindagi tinç aholi uçun yana bir azobli kun deb atadi. Ispan diplomati hujum Xalqaro jinoyat sudi Isroilga Rafahdagi operatsiyani töxtatişni buyurganidan keyin sodir bölgani ayniqsa xavotirli ekanini qöşimça qilgan.

«Bunday joyni öqqa tutib bölmaydi. Isroilni Rafahdagi operatsiyani tezda töxtatişga çaqiramiz», dedi Irlandiya taşqi işlar vaziri Maykl Martin. U Rafahga hujumni varvarlarça amalga oşirilgan deb atadi.
Yaqindagina Falastinni davlat sifatida tan olgan Norvegiya taşqi işlar vaziri Espen Bart Eyde ham mamlakat Rafahga hujumni qoralaşini ma’lum qildi.













