Birlaşgan Millatlar Taşkilotining bir guruh ekspertlari 3 iyun kuni barça davlatlarni Yaqin Şarqda tinçlikni ta’minlaş uçun Falastin davlatini tan olişga çaqirdi Bu haqda Reuters yozdi.
Bu Ispaniya, Irlandiya va Norvegiyaning Falastinni davlat sifatida tan olganidan deyarli bir hafta ötib sodir bölmoqda. Uşbu uç davlatning qarori 8 oylik uruş sababli tobora yakkalanib qolayotgan Isroilning ğazabini keltirgan edi.
Mutaxassislar, jumladan, Falastin hududidagi inson huquqlari böyiça BMT maxsus vakili Falastin davlatining tan olinişi Falastin xalqi huquqlari va ularning ozodlik va mustaqillik yölidagi kuraşi böyiça muhim huquqlarining tan olinişi ekanini ta’kidladi.
«Bu Falastin va butun Yaqin Şarqda barqaror tinçlik örnatişning dastlabki şartidir, bu Ğazoda zudlik bilan öt oçişni töxtatiş va Rafahga harbiy yurişlarni töxtatişdan boşlanişi kerak», dedi ekspertlar.
«Ikki xalq uçun ikki davlat yeçimi ham Falastin, ham Isroil uçun tinçlik va xavfsizlikka olib boruvçi xalqaro miqyosda kelişilgan yagona yöl bölib qolmoqda, şuningdek, bu bir neça avloddan buyon davom etayotgan zöravonlik va nafratni töxtatiş yölidir».
Isroil Taşqi işlar vazirligi BMT ekspertlari bayonotiga izoh beriş söroviga darhol javob bermagani ta’kidlanmoqda.
Avvalroq, Ispaniya, Irlandiya va Norvegiya Falastin davlatini tan oliş orqali Isroil va HAMAS örtasidagi uruşni töxtatişni ta’minlaşga intilayotganini aytişgan edi. Uç mamlakat, öz qarori Yevropa Ittifoqining boşqa davlatlarini ham şunga öxşaş harakat qilişga undaydi, deb umid qilmoqda. Keyinroq, Daniya parlamenti Falastin davlatini tan oliş taklifini rad etdi.
Isroil bir neça bor Falastin davlatini tan oliş harakatlarini qoralab, bu orqali HAMAS qöllab-quvvatlanayotganini ta’kidlab keladi.












