Yaşnobod tumanida odam ölimi bilan yakun topgan yöl-transport hodisasi sodir böldi.

Joriy yilning 7 iyun kuni soat 13:30 larda Yaşnobod tumani Elbek köçasida yöl-transport hodisasi qayd etildi.

Haydovçi, 1998 yilda tuğilgan B.T. Lacetti rusumli avtomaşinasini boşqarib ketayotib, rul boşqaruvini yöqotgan va yöl çetidagi daraxtga kelib urilgan.

YTH oqibatida haydovçi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.