Köksaroy qarorgohida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning tor doiradagi uçraşuvi bölib ötdi.

Uçraşuvda ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari körib çiqildi.
Suhbat avvalida Özbekiston rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, keyingi yillarda birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli uzoq muddatli istiqbolga möljallangan köp qirrali hamkorlikni tubdan kengaytiriş uçun yaxşi zamin yaratilganini alohida ta’kidladi.
Uşbu taşrif doirasida keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini yanada çuqurlaştiriş va kengaytiriş töğrisida Qöşma bayonot imzolanişi ikki tomonlama munosabatlarni yanada yuqori darajaga olib çiqişga özaro intilişdan dalolat bölişi qayd etildi.
Parlamentlar, hukumatlar, taşqi siyosat va tarmoq idoralari darajasidagi muloqotlar natijadorligini oşiriş, xalqaro va mintaqaviy maydonlar, jumladan, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Jahon savdo taşkiloti, mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari, "Markaziy Osiyo plyus" formatlari doirasida özaro qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş zarurligi ta’kidlandi.
Hamkorlikning yangi iqtisodiy kun tartibini şakllantiriş muhimligi qayd etildi.
Tovar ayirboşlaş hajmini yaqin yillarda 2 milliard dollarga yetkaziş böyiça kompleks çora-tadbirlar işlab çiqiş dolzarb ekani körsatib ötildi. Kuni keça ötgan biznes forumi muvaffaqiyatli böldi, yakunida yangi kelişuvlar töplami qabul qilindi.
Bu galgi taşrif doirasida qayta tiklanuvçi energiya manbalari, avtomobilsozlik va töqimaçilik sohalarida kooperatsiya loyihalari işga tuşiriladi.
Strategik ahamiyatga ega mintaqaviy loyihalarni, jumladan, "Xitoy - Qirğiziston - Özbekiston" temir yöli va Qambarota GES-1 qurilişini tez fursatda amalga oşiriş masalalariga ustuvor e’tibor qaratildi.
Transport va energetika infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça yangi loyiha takliflari körib çiqildi.
Prezidentlar hududlararo hamkorlikni, jumladan, Çegaraoldi viloyatlar hokimlari kengaşi doirasida yanada kengaytiriş muhimligini ta’kidladilar.
Şuningdek, qişloq va suv xöjaligi, ekologiya, xavfsizlik va boşqa sohalarda özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Madaniy-gumanitar almaşinuv faollaşgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu hafta mamlakatimizda Qirğiziston madaniyati kunlari ötkazilmoqda. Kuni keça Samarqandda ikkinçi Rektorlar forumi muvaffaqiyatli ötkazildi. Tomonlar kelgusi yillarga möljallangan madaniy tadbirlar taqvimini tayyorlaşga kelişib oldilar.
Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ham fikr almaşdi.
Şundan söng muzokaralar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari iştirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirildi.

Mazkur sammitga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiya yiğilişi, biznes forumi, Rektorlar forumi, Avlodlar muloqoti va qator madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli ötkazilgani ta’kidlandi.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, qişloq va suv xöjaligi, xavfsizlik, madaniyat va boşqa muhim yönalişlardagi hamkorlik natijalari tanqidiy tahlil qilindi.
Muzokaralar davomida tomonlar parlamentlar, hukumatlar, vazirliklar, idoralar va hududlar, işbilarmonlar, ekspertlar va jamoatçilik darajasida faol aloqalarni davom ettirişga kelişib oldilar. Davlatlararo kengaş tuzişga qaror qilindi.
Xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, jumladan, BMT, ŞHT, Turkiy davlatlar taşkiloti, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvi va boşqa köp tomonlama maydonlar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettiriş zarurligi ta’kidlandi.
Tovar ayirboşlaş hajmini köpaytiriş, eng avvalo, import örnini bosiş dasturlari va kooperatsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş böyiça aniq çora-tadbirlar muhokama qilindi.

Şu maqsadda taşrif davomida özaro savdo hajmini oşirişga qaratilgan dastur qabul qilinmoqda. Bundan taşqari, yaqin yillarda 2 milliard dollar körsatkiçiga çiqiş uçun poytaxtlarda savdo uylari taşkil etiladi, eksport-import şartnomalari töplami şakllantiriladi, eksportoldi moliyalaştiriş vositalari joriy etiladi, qişloq xöjaligi va çorvaçilik mahsulotlarini tezkor taşiş böyiça "yaşil yölak" işga tuşiriladi.
Sanoat kooperatsiyasi doirasidagi joriy loyihalar portfeli 300 million dollarga yetgani ta’kidlandi. Kuni keça bölib ötgan biznes forumi doirasida energetika, logistika, elektrotexnika, töqimaçilik, agrosanoat va boşqa tarmoqlarda savdo şartnomalari va investitsiya bitimlarining yangi töplami qabul qilindi.
Bunday loyihalarni ilgari suriş uçun Özbekiston-Qirğiziston jamğarmasining ustav kapitali 200 million dollargaça oşiriladi.
Energetika sohasidagi hamkorlik strategik yönaliş etib belgilandi.

Qambarota GES-1 qurilişi böyiça bitimni tez fursatda imzolaş va loyihaning amaliy bosqiçini boşlaş muhimligi qayd etildi. Şuningdek, ikki mamlakat salohiyatini hisobga olgan holda kiçik gidroenergetikani rivojlantiriş böyiça kompleks hamkorlik dasturi tayyorlanadi.
Mintaqada transport boğliqligini mustahkamlaş böyiça birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollaştiriş zarurligi ta’kidlandi.
“Xitoy - Qirğiziston – Özbekiston” temir yölini quriş böyiça strategik loyiha töğrisidagi uç tomonlama bitim imzolangani bu borada tarixiy voqea böldi.
Uçraşuvda istiqbolli transport loyihalari ham körib çiqildi.

Ikki mamlakat hududlari savdo-iqtisodiy hamkorlikning haqiqiy drayverlari ekani ta’kidlandi. Şu ma’noda, Boş vazirlar raisligidagi Çegaraoldi viloyatlar hokimlari kengaşi doirasida faol aloqalarni davom ettirişga kelişib olindi.
Hududlar delegatsiyalarining özaro taşriflari jadvalini tayyorlaş va qöşma "yöl xaritalari"ni yangilaşga kelişib olindi.
Qişloq xöjaligi özaro hamkorlikning muhim yönalişidir. Qişloq xöjaligi ekinlarini birgalikda yetiştiriş, intensiv boğlar va agroklasterlar taşkil etişni nazarda tutuvçi agrokooperatsiya dasturini amalga oşirişga kelişib olindi.

Madaniyat, yoşlar, turizm, ta’lim, fan va sport sohalarida faol almaşinuvlar davom ettiriladi.
Şu ma’noda, taşrif arafasida Samarqandda Özbekiston va Qirğiziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinçi forumi muvaffaqiyatli ötkazilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Kelgusi yillarga möljallangan madaniy tadbirlar taqvimini tayyorlaşga kelişib olindi.
Yiğilişda Boş vazirlar örinbosarlarining hisobotlari va savdo-iqtisodiy hamkorlik yuzasidan aniq takliflari tinglandi.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari qöşma "yöl xaritasi"ni tayyorlaş va erişilgan kelişuvlarni samarali amalga oşiriş mexanizmlarini yölga qöyiş böyiça topşiriq berdilar.











